» » Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti bilan anglashuv memorandumi imzoladi

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti bilan anglashuv memorandumi imzoladi


2-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ekspertlari Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori Valeriy Androsov bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo”ga institut matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Rossiyaning Markaziy Osiyo mavzusi bilan shug‘ullanuvchi ekspertlar va tadqiqotchilar jamoati bilan aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish, shuningdek, Rossiya – O‘zbekiston munosabatlari istiqbollarini aniqlash bo‘ldi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi ahvoli muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Rossiyaning savdo-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalari dinamikasi ijobiy baholandi.

Suhbat yakunlari ko‘ra ikki tashkilot o‘rtasidagi anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatga binoan, ularning doimiy hamkorligi mustahkamlab qo‘yildi. Bu hamkorlik doirasida turli tadbirlar, konferensiyalar, davra suhbatlari o‘tkaziladi, shuningdek, qo‘shma tadqiqotlar olib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 30) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют