» » O‘zbek shou-biznesining “yulduzli” juftliklari

O‘zbek shou-biznesining “yulduzli” juftliklari


MyDay nashri o‘zbek shou-biznesidagi “yulduzli” juftliklar haqidagi ma’lumotlarni chop etdi.

Rayhon G‘aniyeva va Farhod Alimov

Mashhur xonanda va talabgir shoumen 2016-yilning 5-noyabrida turmush qurgan. Ularning har ikkalovi uchun bu turmush birinchisi emas. Rayhon ham, Farhod ham birinchi turmushidan ajralgan bo‘lib, Rayhonning aktyor Yigitali Mamajonov bilan nikohidan ikki farzandi bor. Farhod Alimov esa birinchi oilasidan uch nafar farzandga ega.

Oybek va Nigora

2006-yildan buyon duet tarzida faoliyat olib borayotgan Nihol mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora 2015-yilning 21-noyabrida oila qurgan edi. Mazkur juftlik 2016-yilning 27-avgust sanasida o‘g‘il farzand ko‘rgan va unga Imronbek deb ism qo‘yilgan.

Dilso‘z va Farrux Raimov

Dilso‘z tahallusi ostida ijod qilib kelayotgan Go‘zal Jumaniyozova va sobiq “Mango” guruhi vakili Farrux Raimov 2015-yilning 16-aprelida Navoiyda, 21-aprel kuni esa Toshkent shahrida to‘y tantanalarini nishonlagan edi. Yulduzli juftlik oilasida ko‘p o‘tmay qiz farzand dunyoga keldi. Qizaloqqa Dilso‘z ismi berildi. Oradan ikki yil o‘tib, 2017-yil sentabr oyida juftlik yana bir qiz farzandli bo‘ldi.

Ruxshona va Sanjar Matkarimov

“Nihol” mukofoti sovrindori Ruxshona va taniqli klipmeyker Sanjar Matkarimov 2014-yilda turmush qurgan bo‘lib, hozirda ikki farzandni tarbiyalamoqda.

Asal Shodiyeva va Shohruhxon

Taniqli aktrisa Asal Shodiyeva va mashhur estrada vakili Shohruhxonning turmush qurishi ko‘pchilik uchun kutilmagan voqea bo‘lgan edi. Taniqli juftlik 2016-yil 5-iyun kuni turmush qurgan.

Sarvar Akbarov va Tatyana Zayseva

2008-yildan buyon bir guruhda faoliyat olib borayotgan Sarvar Akbarov va Tatyana Zayseva 2011-yilda turmush qurgan. Hozirda yulduzli oilada Alixon ismli o‘g‘il farzand voyaga yetmoqda.

Sevara Soliyeva va Ma’mur Sultonov

Aktrisa Sevara Soliyeva va xonanda Ma’mur Sultonovning nikoh to‘yi 2013-yil 23-oktabrda bo‘lgan. 2015-yilning aprel oyida yosh oilada o‘g‘il farzand dunyoga keladi. Sevara va Ma’mur o‘g‘illariga Sultonbek deb ism qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют