» » “Menimcha, bu biroz bo‘rttirilgan ma’lumot”. Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi “bir kunlik issiqxonalar” haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi (video)

“Menimcha, bu biroz bo‘rttirilgan ma’lumot”. Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi “bir kunlik issiqxonalar” haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi (video)


Bir muddat avval (fevral oyida) ba’zi viloyatlarda O‘zbekiston Prezidentining tashrifi arafasida “bir kunlik issiqxonalar” qurilgani, Davlat rahbarining viloyatga tashrifi yakuniga yetgach, qo‘l uchida qurilgan issiqxonalar o‘z holiga tashlab qo‘yilgani haqida videoxabarlar paydo bo‘lgan edi. 2-aprel kuni Facebook’dagi sahifasi orqali jonli efirga chiqqan Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov ushbu xabarlarga munosabat bildirdi.

Mavzuga doir: Prezident mahalliylashtirishdagi ko‘zbo‘yamachilik haqida gapirgan edi. U — issiqxonalar, tomlar, bolalar maydonchalarida ham bor

Allamjonovning fikricha, Prezident borib ko‘rgan issiqxonalarni “bir kunda, birgina tashrif uchun barpo etish mumkin emas”. Ayni vaqtda, u xabarlarda so‘z borayotgan issiqxonalar Shavkat Mirziyoyevning korteji o‘tgan yo‘l yoqasida qurilgan bo‘lishi mumkinligi, agar ular Prezident tashrifidan so‘ng qarovsiz holda tashlab qo‘yilgan yoki buzib tashlangan bo‘lsa, fuqarolardan bu haqda dalillarni taqdim etishni iltimos qilgan.

Yaqinda internetda yo‘l bo‘yida qurilgan issiqxonalar haqida material chiqdi. Mening shaxsiy fikrimcha, bu ko‘proq bo‘rttirilgan bir material. Nimaga? Prezidentimiz borgan har bir obyekt, biz ko‘rgan issiqxonalar — bu haqiqatda ishlayotgan issiqxonalar. Uni bir kunda yoki birgina tashrif uchun birdaniga barpo etish mumkin emasligini hammamiz yaxshi bilamiz.

Mening tushunishim bo‘yicha, bu materiallarda Prezidentimiz yurgan yo‘llar yoqasida qurilgan issiqxonalar nazarda tutilgan. Agar bu issiqxonalar Prezidentimiz ketganlaridan keyin yo‘q bo‘lib qolgan bo‘lsa, buzib tashlangan bo‘lsa yoki ularning vaqtinchalik ekanini isbotlovchi biror bir dalil bo‘lsa, fuqarolarimizdan juda ham iltimos qilib qolardik.

Bu noto‘g‘ri, bunday bo‘lishi kerak emas. Ushbu issiqxonalar hozirda yo‘q bo‘lsa, tegishli mutasaddi rahbarlarga nisbatan chora ko‘riladi. Lekin Prezidentimiz tashriflari chog‘ida ushbu issiqxona qurilgan bo‘lsa, demak, ozgina kutish kerak — biror ekinlar ekilgan bo‘lsa, tez kunlarda ular ko‘karib, paydo bo‘lib, mahsulotlar unib chiqishi mumkin.

Komil Allamjonov, O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi

Mavzuga doir: Komil Allamjonov Jizzaxdagi korxonada Prezident qarshisida ko‘zbo‘yamachilik qilingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют