» » O‘zbekistonda birinchi marta qizlar uchun AKT bo‘yicha DigiGirlz ta’lim dasturi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda birinchi marta qizlar uchun AKT bo‘yicha DigiGirlz ta’lim dasturi bo‘lib o‘tadi


O‘zbekistonda birinchi marotaba qizlar salohiyatini oshirish va ularni texnologiyalar sohasiga jalb etishga qaratilgan DigiGirlz ta’lim dasturi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkentdagi Inha universiteti rasmiy saytida xabar berildi. Mazkur ta’lim dasturiga qiziqish bildirgan qizlar 2018-yil 6-aprelgacha ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

DigiGirlz – Microsoft korporatsiyasining qizchalar uchun ilm-fan, texnologiya, muhandislik ishi va matematika sohalarida ta’limga investitsiya dasturidir. Dastur global iqtisodiyotning chaqiruvi va muammolariga tayyor bo‘lgan kelajak xodimlarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan.

Dastlabki ta’lim dasturi 2018-yil 10-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetining binosida bo‘lib o‘tadi. Dastur yosh qizlarga texnologiya sohasi va yangi innovatsiyalar bilan tanishish imkonini beradi.

Ta’lim dasturi ikkita blokdan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘limda ishtirokchilar stereotiplarni sindirib, ayollar uchun noan’anaviy bo‘lgan texnologiya sanoatida karyera qilgan Microsoft korporatsiyasi vakillari va mutaxassislarining ma’ruzalarida ishtirok etadi. Ushbu ma’ruzalar qizlarga nimalarni kutish kerakligini va bu sohada ish nima berishi mumkinligini tushunishga imkon beradi.

DigiGirlz’ning ikkinchi qismi axborot texnologiyalari sohasi hayajonli va qiziqarli bo‘lishi mumkinligini qizlarga ko‘rsatib beradigan amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi.

Dasturda 12—14 yosh (kichik guruh) va 15—17 yosh (katta guruh)dagi qizlar ishtirok etishi mumkin. Qiziqish bildirgan qizlar 2018-yil 6-apreliga qadar DigiGirlz’ga digigirlz.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. O‘rinlar soni cheklangan (har bir guruh uchun 30 nafardan). 2018-yil 7—8 aprel kunlari ro‘yxatdan o‘tganlar dastlabki majburiy seminarlarda ishtirok etadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida o‘tkazilmoqda. DigiGirlz tadbiriga Microsoft korporatsiyasi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Mirzo Ulugbek Innovation Center, AKT vazirligi hamda BMTTDning “Samarali Davlat Boshqaruvini rivojlantirish va Raqamli Transformatsiyaga ko‘mak” qo‘shma loyihasi, shuningdek, SuperDispatch kompaniyalari tashkilotchilik qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют