» » Vladimir Putin professor Nabi Ziyodullayevga “Rossiyada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvonini berdi

Vladimir Putin professor Nabi Ziyodullayevga “Rossiyada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvonini berdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisod fanlari doktori, professor Nabi Ziyodullayevga “Rossiyada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, unvon o‘zbekistonlik olimning ilm-fan rivojiga qo‘shgan katta hissasi va uzoq yillik samarali faoliyati uchun berildi.

Nabi Ziyodullayev 1944-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Shu yerda Xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

70—90-yillarda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda ilmiy-tadqiqot ishlarining iqtisodiy-matematik yo‘nalishlarini shakllantirish va rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. 1995-yilda Moskvaga, akademik S.Shatalinning Iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar xalqaro jamg‘armasiga taklif etildi va u yerda 2006-yilgacha vitse-prezident bo‘lib ishladi.

Mintaqaviy va dunyo iqtisodiyoti, iqtisodiy-matematik modellashtirish, sanoat va bank ishini boshqarish bo‘yicha 7 ta shaxsiy, 12 ta jamoaviy monografiya, 200 dan ortiq ilmiy ish muallifi bo‘lgan olim 5 nafar fan doktori, 40 nafardan ortiq fan nomzodini tayyorladi.

U 2013-yildan beri Rossiya Fanlar akademiyasining Bozor muammolari instituti bosh ilmiy xodimi bo‘lib ishlab kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют