» » Foto: Toshkent ko‘chalarida “Yandeks.Taksi” avtomobillari paydo bo‘ldi

Foto: Toshkent ko‘chalarida “Yandeks.Taksi” avtomobillari paydo bo‘ldi


Toshkentda “Yandeks.Taksi” avtomobillari paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda Spot o‘z manbalariga tayanib.

Bir nechta taksoparklarda Spot muxbirlariga haqiqatan ham Rossiya kompaniyasi bilan so‘nggi bir-ikki oydan buyon muzokaralar olib borilayotganligini ma’lum qilishgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda ushbu taksida yurish bir-ikki kilometr uchun 2 ming so‘mdan boshlanadi.

Ayni paytda dasturda Toshkent bo‘ylab safarlar mavjud emas, taxi.yandex.uz sayti ham ishlamayapti. Servis Toshkentda qachon ish boshlashi — noma’lum.

“Yandeks.Taksi” kompaniyasining o‘zi ham bu borada izoh berganicha yo‘q.

Nashr eslatishicha, avvalroq “Yandeks.Taksi” Toshkentda rus va o‘zbek tillarini biladigan xodimlar qidirayotgani haqida e’lon bergan edi. O‘shanda kompaniya xalqaro ko‘mak markazi uchun mutaxassislarni ishga olayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют