» » Feruza Normatova: Oilam tinchligi uchun sanatdan voz kechishga tayyorman

Feruza Normatova: Oilam tinchligi uchun sanatdan voz kechishga tayyorman


MyDay aktrisa Feruza Normatova bilan intervyu uyushtirdi. Quyida aktrisaning sanat va sanatkorlar haqidagi fikrlari, tanqidga munosabati bilan tanishishingiz mumkin.

Koproq teatrda faoliyat olib borasiz. Siz uchun spektaklda rol ijro etish qiyinroqmi yoki kinodami?

Albatta spektaklda. Chunki tomoshabin koz oldida jonli ijro. Hozir Diydor teatr-studiyasida rejissorimiz Bahodir Yoldoshev boshchiligida Arshin mol olon spektaklini sahnalashtirdik. Unda ashula va raqslar jonli. Bundan tashqari, sahnamiz tomoshabinga juda yaqin. Kinoda toxtash mumkin, qayta dubl bor. Lekin sahnada buning imkoni yoq. Shunaqa paytlar boladi, hayajonlanganimizdan gapimiz yodimizdan kotariladi. Bahodir Yoldoshevni uslublari ozgacha. Avvalo har bir rolni ozimiz chin dildan his etib, mazza qilishimizni istaydilar, uqtiradilar.

Diydor teatr-studiyasidagi faoliyatingiz haqida biroz gapirib bersangiz.

Ozbek Davlat drama teatrida ishlaganimda, 7 oy malaka oshirish maqsadida Diydorga qatnaganmiz. Osha paytlardan shu yerga mehrim tushgan, ishlagim kelardi. Muddatimiz tugab, u yerdan kettik. Hech qancha otmay, ish joyimdan boshadim va shu vaqtda menga Akbarxoja Rasulov telefon qilib, Yulduzli tunlar spektaklida rol ijro etishga taklif qildi. Juda xursand boldim. 3 oy davomida spektaklning tayyorgarlik jarayonlariga qatnashib yurdim. Suratga olish ishlari bilan kop band bolar edim. Bir kuni rejissorimiz meni chaqirib, menga teatr muhimroqmi yoki syomkalarmi, oylab korishimni maslahat berdilar. Oylab kordim va shu yerda ishlashga qaror qildim. Bilasizmi, kinoda koplab rol ijro qilgan bolsam ham, lekin birgina Yulduzli tunlarda his qilganlarimni ularda tuymaganman. Bu yerga kelgan insonning umuman ketgisi kelmaydi.

Siz uchun dramatik rollarni ijro etish qiyinroqmi yoki komedikmi?

Togrisi komediya qiyinroq. Dramada kozyosh deymiz, lekin bu uncha muhimmas. Har bir insonda dard-tashvish bor. Rol ijro etayotganingizda ham ozingizdagi muammolarni eslaysiz, oshanga berilib ketasizda. Komediyada tomoshabinni holati bilan qiziqib turasiz, kulmasa oylanasiz.

Siz rol tanlashda birinchi navbatda nimaga etibor berasiz? Ijodiy jamoagami, ssenariygami yoki gonorarga?

Hozirda birinchi navbatda ssenariyga, keyin ijodiy jamoa va songida gonorarga ahamiyat beraman. Avvallari farqi yoq edi. Yaqinda suratga tushgan Ogay ona, Fitna seriallarining ssenariysi boshqalarnikiga qaraganda yaxshi bolgani uchun rozilik bildirdim. Keyin aktyorlar jamoasi ham yaxshi tanlangan.

Intervyularingizda har kim oz ishini qilsin deb kop gapirasiz. Lekin ozingiz boshlovchilik qilasiz.

Xalqimizda bir yigitga qirq hunar oz, degan naql bor. Bu hammaga tegishli. Aytmoqchi bolganim, qaysi ishga bosh qoshmang, albatta masuliyatni his eting. Sohani hurmat qilish kerak. Suxandonlikni boshlaganimdan beri izlanaman. Tajribali suxandonlar bilan sherik bolganimda, albatta, ulardan organishga harakat qilaman. Yuqoridagi aytganlarim esa ozi boshqa soha egasi bolib, sanatga ham kirib, lekin sohani hurmat qilmaydiganlar haqida.

Bunda aniq shaxslarni nazarda tutganmisiz?

Albatta. Korganman, bilaman shunaqa aktrisalarni. Bir davrada otirib qolganimizda, ozini juda zor aktrisa hisoblab, dimoglanib ketganlarini kuzataman-da. Vaholanki, bizda qanday professional aktyor va aktrisalar bor. Bir narsani xohlayman, shu kasb orqali non yeyishyaptimi, uni hurmat qilishlari kerak. Sanatni oson deb, ijroni kamsitishlarini istamayman.

9-raqamli bemor filmining ssenariysini dadangiz bilan birga yozgansizlar. Shu film yaralishiga nima turtki bolgan?

Atrofda korgan-bilganlarim bunga turtki bolgan. Bemorlar uchun dalda sifatida yaralishini istaganman bu kartinani. Men aytib berganlarimni, dadam qogozga tushirgan. Kartina komediyaga oxshash janrda bolib qolgan. Lekin maqsadimiz umuman boshqa edi.

Asl maqsaddan chalgishga nima sabab boldi?

Shoshildim, shekilli. Puxta qilishim kerakmidi? Togri, Durdona Tolaganova harakat qildilar. Ammo men korganim boshqa edi, u kinoda asl holicha chiqmadi, komediyaga tortib ketdi. Aktrisalar ham ijrolarida kop improvizatsiya qilishdi. Lekin, ular ruhiy xasta bemorlarni aslida qanday ekanini kormagan-ku. Ular tasavvurlarida bu holat juda kulgili edi. Ularning dunyosi, yaqinlarining his-tuygulari umuman boshqa.

Nimaga ijrolardan konglingiz tolmaganda, shartta toxtatib, aktrisalarga muhitni oz kozlari bilan borib korishni taklif qilmadingiz?

Men qilgan harakatlarimni tasavvur qilolmaysiz . Tunlarni yiglab otkazgan vaqtlarim bolgan. Jamoani bir joyga toplab tushuntirdim ham. Ammo, u yerda rejissor, operatorlar va aktrisalar komediya janrini tanlashganini aytib, oyoq tirab olishdi. Shu tomoshabinga qiziq ekanini aytishdi. Koproq moliyaviy tomonini oylashdi. Shunda dadamga telefon qilib yiglardim. Yupatdilar, mayli keyin boshqa ssenariy yozib, kino olamiz, dedilar. Kartinani tomoshabinlar yaxshi qabul qildi, ammo ichimdagi boshliq tolmadi. Nasib etsa, hali bundan-da zor kartinalar yaratarmiz.

Nima deb oylaysiz, turmush qurganingizdan song, ijodda qilayotgan ulkan orzularingizga birmuncha bolsa-da tosiq paydo bolmaydimi?

Albatta, paydo boladi. Har doim bir narsani xohlayman, turmush ortogim meni kasbimni tushunsin. Lekin taqdir bu. Oldindan bir narsa deb bolmaydi. Agar ishimning qaysidir tomonlaridan voz kechish kerak bolsa, oilam tinchligi uchun ikkilanmasdan voz kechaman. Baribir oila muqaddas. Mana 28 ga ham kirdim. Inson yoshi ulgaygan sari oila, turmush haqidagi qarashlari ham ozgarib borarkan. Kech turmush qurganimga yarasha oilam tinch, xavas qilarli bolishini istayman. Balki sanatni tashlaysan, deb shart qoyilar, unda ham voz kechishim mumkin ishimdan. Ammo bu men uchun katta yoqotish boladi, balki armon bolib qolar. Lekin meni, kasbimni tushungan inson bolishini juda istardim.

Mashhurlik siz uchun muhimmi?

Bilasizmi, men istaymanki odamlar bizni kocha-kuyda korganda hayratlanmasa. Raqs ansamblim bor. Liboslariga matolarni doim ozim tanlayman. Shu paytlari bozor-ocharlarga tushganda ozimni bemalol his qilmayman. Togri, hali mashhurlikka erishganim yoq. Lekin shunday bolsa-da, ozimni avvalgidek xotirjam his qilib, kochada yurolmayman. Tadbirlar, premyeralarga tashrif buyurganizda odamlarning sizga aktrisa sifatida qarashi yoqimli, ammo kocha-koyda emas. Sodda, samimiy ustoz sanatkorlarga oxshagim keladi. Mashhurlikka och emasman. Tomoshabin meni oddiyligimcha qabul qilishini istayman. Togri, avval biz ham tanilishni istagandirmiz.

Ijtimoiy tarmoqlarning hayotingizdagi roli?

Bular hayotimning 10 foizinigina aks ettirishi yoki egallashi mumkin. Ammo qolgan qismi umuman boshqa. Kopchilik ijtimoiy tarmoqlarni asl hayot deb oylaydi. Lekin men uchun unday emas.

Bir umr qulogingiz ostida jarang sochadigan nasihat?

Dadamning gaplari. Biror ish qilishingdan avval, meni koz oldingga keltir va menga osha ish yoqsa, keyin qil, deydilar. Shu gapni ozi yetadi menga.

Tanqidga munosabatingiz qanday?

Tarozi burjida bolganim uchunmi, ozgarib turaman. Bugun bir tanqidni yaxshi qabul qilsam, ertaga kotara olmasligim mumkin.Tanqid bizning sohada kop uchraydi, bolishi ham kerak. Chunki tanqid qilinyapsizmi, demak siz etibordasiz. Bazi tanqidlar bor juda oshirib yuborilgan boladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-04-2018, 16:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
:
-
:
20 ... -