» » Urganchdan Rimga ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslar yo‘lga qo‘yildi

Urganchdan Rimga ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslar yo‘lga qo‘yildi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tomonidan ilk bor Urganchdan Rim (Italiya)ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Xalq so‘zi“ xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan Italiya poytaxtidagi Leonardo da Vinchi nomidagi xalqaro aeroportda ushbu davlatdagi “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning vakolatxonasi, O‘zbekiston elchixonasi hamda aeroport ma’muriyati tomonidan tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda turistik sektor va ushbu sohaga ixtisoslashgan italiyalik jurnalistlar, yangi parvozning ilk yo‘lovchilari qatnashdi.

Unda sayyohlik jabhasini rivojlantirish, xususan, viza va ro‘yxatdan o‘tish tizimini soddalashtirish, mehmondo‘stlik infratuzilmasini takomillashtirish, yangi xizmat va AKT texnologiyalarini joriy etish, turistik zonalar yaratish bo‘yicha islohotlar amalga oshirilayotgani sharofati bilan Apennin yarim orolida ham O‘zbekistonga kelish, uning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani e’tirof etildi.

TTG Italia va Trasporti-Italia kabi taniqli nashrlarda ushbu tadbir haqida chop etilgan maqolalarda yangi reyslar O‘zbekistonga maksimal qulaylik bilan tashrif buyurishni xohlovchilar uchun ekanligi ta’kidlandi.

Jadval bo‘yicha samolyot har seshanba kuni Rimdan soat 20:45  da havoga ko‘tarilsa, keyingi kun tongida soat 05:45 da Urganchga qo‘nadi. Ortga amalga oshiriladigan reys Toshkentdan soat 15:20 da yo‘lga chiqib, mahalliy vaqt bo‘yicha soat 07:15da Rimga yetib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют