» » Sog‘liqni saqlash vazirligi “Ochiqlik indeksi” reytingida 3-o‘rinni egalladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi “Ochiqlik indeksi” reytingida 3-o‘rinni egalladi


“Ochiqlik indeksi” reytingi natijalariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi 92 ball bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari orasida 5-o‘rinni, vazirliklar ichida esa 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘tgan galgi reyting baholashda vazirlikka 88 ball bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ichida 12-o‘rin berilgan edi.

Joriy yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrni o‘zida ifodalagan “Ochiqlik indeksi” reytingi 52 ta davlat hokimiyati va boshqaruvi organini qamrab oldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Adliya vazirligi mazkur reytingda vazirliklar o‘rtasida eng yuqori baho olgani bildirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют