» » Samarqandda 35 kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Samarqandda 35 kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi


Samarqand viloyatida yashovchi 35 kishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Bu  haqda O‘zA xabar bermoqda.

Samarqand viloyati hokimligida ushbu shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning keyingi ikki yil davomida qabul qilgan farmonlariga ko‘ra, ko‘plab o‘zbekistonliklar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Jumladan, Samarqand viloyatida ham 2017-yilda 27 nafar shaxsga fuqarolik pasporti berildi. Bu yil ularning safi yana kengaydi.

“Asli samarqandlik bo‘lsak-da, ota-onam ma’lum muddat Tojikistonda yashagani uchun men 1988-yilda o‘sha respublikada tug‘ilganman. 1993-yilda yurtimizga qaytib kelganmiz. Shu yerda bilim oldim, oliy o‘quv yurtida o‘qidim. Oila qurib, ikki nafar farzandli bo‘ldim. Hozirda 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabida saboq beraman. Lekin bir armonim bor edi — shu paytgacha O‘zbekiston fuqarosi emas edim. Bugun orzum ushalib, O‘zbekiston fuqarosi pasportini qo‘limga oldim. Prezidentimizdan minnatdormiz!”, — deydi Samarqand tumanidagi Ohalik qishlog‘ida yashovchi Manija Jabborova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют