WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » 66 yoshli andijonlik fuqaro Nukusdan Buxorogacha piyoda bordi
66 yoshli andijonlik fuqaro Nukusdan Buxorogacha piyoda bordi
Andijonlik Rahmatillo Qosimov O‘zbekistonning shimoliy hududidan janubigacha bo‘lgan masofani piyoda bosib o‘tdi. Bu haqda “Yoshlar” telekanaliga asoslanib, UZ24 xabar berdi.
66 yoshli fuqaro 13-mart kuni Nukus shahridan safarga otlangan edi. Telekanal xabariga ko‘ra, Rahmatillo Qosimov kuni kecha Buxoro shahriga kirib kelgan.
U kelgusida Buyuk ipak yo‘lida joylashgan shaharlarni aylanib chiqishni niyat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rahmatillo Qosimov o‘tgan yili Andijon viloyatidan Samarqandgacha piyoda sayohat qilgan edi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?