» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Samarqand va Farg‘onadan Qozon shahriga qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Samarqand va Farg‘onadan Qozon shahriga qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Samarqand va Farg‘onadan Qozon shahriga qo‘shimcha aviaqatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

2018-yil 29-apreldan boshlab “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “Samarqand—Qozon—Samarqand” va “Farg‘ona—Qozon—Farg‘ona” yo‘nalishlarida qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi.

“Samarqand—Qozon—Samarqand” yo‘nalishidagi parvozlar yakshanba kunlari zamonaviy A320 samolyotlarida quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

Yakshanba:  HY-697  Samarqand 19:55 – Qozon 21:30

Yakshanba: HY-698  Qozon  22:50 – Samarqand 04:20+1

“Farg‘ona—Qozon—Farg‘ona” yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftaning seshanba kunlari  zamonaviy A320 samolyotlarida quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

Seshanba: HY-651  Farg‘ona 22:20 – Qozon 00:05+1

Chorshanba: HY-652  Qozon 01:30 – Farg‘ona 07:00



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют