» » Isroillik professor-o‘qituvchilar O‘zbekiston Milliy universitetida ma’ruzalar va anjumanlar o‘tkazadi

Isroillik professor-o‘qituvchilar O‘zbekiston Milliy universitetida ma’ruzalar va anjumanlar o‘tkazadi


Isroilning Xolon texnologiya instituti professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mehmonlar universitetning fizika, matematika, biologiya, kimyo fakultetlarida talabalarga ma’ruzalar o‘qiydi va hamkorlikda davra suhbatlari, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazadi.

O‘tgan yil oktabr oyida O‘zMUda o‘tkazilgan “Matematika va fizikaning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman Isroil – O‘zbekiston ta’lim tizimidagi hamkorlik uchun muhim poydevor bo‘ldi. Hamkorlik aloqalari shu yil 13–20-fevral kunlari O‘zbekiston Milliy universiteti bir guruh akademik va professor-o‘qituvchilari Isroilning bir nechta oliy o‘quv yurtlariga tashrifi davomida o‘tkazgan qator ilmiy-amaliy anjumanlardan so‘ng yanada mustahkamlandi.

Delegatsiya a’zolari Xolon texnologiya institutining prezidenti Eduard Yakovning samimiy salomini yetkazib, u 50 yil oldin O‘zbekiston Milliy universitetining matematika fakultetini tugatganini doimo faxr bilan eslashini alohida ta’kidlashdi.

Fizika fakultetining katta auditoriyasida talabalar Xolon texnologiya instituti innovatsiya markazi rahbari Yakov Damatov, ilm-fan fakulteti lektori Maykl Kiper va magistratura bo‘limi boshlig‘i Boris Lembrikovning turli mavzulardagi qiziqarli ma’ruzalarini tingladi. Isroillik olimlar talabalarning savollariga atroflicha javob berishar ekan, o‘zbekistonlik yoshlarning ilm-fanga qiziqishi, bilim darajasini yuqori baholadi.

Amaliy mashg‘ulotlar davomida fizika fakulteti laboratoriyalari va yuqori texnologiyalar markazi isroillik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют