» » Sodiq Badak: O‘zbekiston turizmdan yiliga 15 mlrd dollar ishlab topishi mumkin (video)

Sodiq Badak: O‘zbekiston turizmdan yiliga 15 mlrd dollar ishlab topishi mumkin (video)


O‘zbekiston turizmdan yiliga 15 milliard dollar ishlab topishi mumkin. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi maslahatchisi turkiyalik Sodiq Badak “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

“Statistika bo‘yicha, dunyoda 4 milliard kishi sayyohdir. Ularning ko‘pchiligi o‘z safarini 4 kundan 14 kungacha davom ettiradi. Aynan ular bilan qiziqishimiz lozim. Juda bo‘lmaganda 15 million mehmonni jalb eta olsak, daromad yiliga 15 milliard dollarni tashkil etadi”, — dedi Sodiq Badak.

Shuningdek, maslahatchi yil davomidagi infratuzilmalar muhimligini ta’kidladi.

“O‘zbekiston to‘rt mavsumda ham mehmonlarni qabul qila oladi, ammo buning uchun infratuzilma yaratish lozim. O‘zbekiston — Markaziy Osiyo javohiri. Bunday salohiyat mintaqadagi boshqa davlatlarda yo‘q”, — ta’kidladi ekspert.

Turkiyalik mutaxassisning aytishicha, ayni paytda O‘zbekiston yiliga 10 million nafargacha turistni qabul qila olishi va bundan 10 milliard dollar ishlashi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют