» » Berita Muslim Life: O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida “o‘zgacha bahor”ni kechirmoqda

Berita Muslim Life: O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida “o‘zgacha bahor”ni kechirmoqda


Tailandda Berita Muslim Life jurnalining O‘zbekiston, uning tarixi, zamonaviy taraqqiyoti, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan maxsus soni nashrdan chiqarildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Nashr ingliz va tay tillarida bo‘lib, o‘zbek xalqining boy tarixiy-madaniy va ilmiy merosi, mamlakat salohiyatini o‘zida ifodalagan rang-barang va qiziqarli fotosuratlar bilan bezatilgan.

Turkum maqolalarda O‘zbekiston rahbari Ispaniyaning yetakchi tahliliy markazlaridan biri — Barselona xalqaro munosabatlar markazi (CIDOB) tomonidan xalqaro vaziyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan mashhur 40 nafar inson ro‘yxatiga ikki bor (2016 va 2017-yillarda) kiritilgani ta’kidlangan.

“Bugun O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida “o‘zgacha bahor”ni kechirmoqda. U faoliyatining birinchi yili davomidayoq barcha prognoz va qoliplarni sindirgani holda mamlakatni ochiqlik sari yetaklash jarayoni tashabbuskori bo‘ldi. Bu jarayonni o‘zbek xalqi allaqachon jiddiy his etmoqda. O‘nlab siyosiy mahbuslar ozod qilindi, qariyb uch ming kishi afv etildi, minglab odamlar maxsus xizmatlarning “qora ro‘yxati”dan o‘chirildi, matbuot ilgari taqiqlangan mavzularni ko‘tarib chiqa boshladi. Bunday chora-tadbirlar qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha diplomatik tashabbuslar bilan birgalikda mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida ham ko‘pchilik kutmagan nekbinlikni uyg‘otgani holda O‘zbekistonda yangi muhitni yaratdi”, deya qayd etiladi jurnalda.

Nashrda e’lon qilingan materiallarda mamlakat ko‘hna sivilizatsiya yurti ekanligi, ko‘plab shaharlar Buyuk Ipak Yo‘lida joylashgani aytib o‘tilgan.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston va Tailand poytaxtlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lab turadigan reyslar bilan birgalikda haftasiga 5 marta davriylik bilan Suvarnabxum va Toshkent o‘rtasida qatnovlarni yo‘lga qo‘ygani qayd etilgan. Bu mamlakatga kelayotgan tailandlik sayyohlar va ishbilarmonlik doiralari vakillari oqimini ko‘paytirishga turtki berdi.

Yana bir maqolada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohalarida ulkan salohiyat hamda foydali tajribaga ega ekanligi e’tirof etilgan. Hozirgi kunda respublikada bir nechta erkin iqtisodiy zonalar faoliyat yuritayotgani, ular iqtisodiyotning turli sektorlariga xorij investitsiyasi kirib kelishiga ta’sir ko‘rsatayotgani alohida ta’kidlangan.

Jurnalda, shuningdek, Toshkentda yaqin kunlar ichida “Tumtim” nomli taycha restoran ochilishi, u yerda Tailand milliy oshxonaning an’anaviy taomlari tayyorlanishi haqida yozilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют