» » Jizzaxda biryo‘la 6 nafar hokim almashdi

Jizzaxda biryo‘la 6 nafar hokim almashdi


O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 3-aprel kuni Jizzax viloyatiga keldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif davomida bosh vazir raisligida Jizzax shahri, Baxmal, Do‘stlik, Paxtakor, Zarbdor va Zafarobod tumanlarida xalq deputatlari tuman kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari o‘tkazildi. Ularda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Jizzax shahri hokimi Akrom Rahmonqulov o‘rniga Akbar Shukurov;

Baxmal tumani hokimi Bahriddin Safarov o‘rniga Musa Anarboyev;

Do‘stlik tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev o‘rniga Ulug‘bek Uzoqov;

Paxtakor tumani hokimi Narzulla Qo‘shboqov o‘rniga Shukurullo Boboyev;

Zarbdor tumani hokimi Sanoqul Anqayev o‘rniga Narzulla Qo‘shboqov;

Zafarobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Ziyadin Sayidov o‘rniga Ibrohim Qarshiboyev hokim etib tayinlandi.

Shuningdek, Jizzax viloyat hokimligining katta majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosarlari tarkibiga ham o‘zgartirishlar kiritildi.

Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Alisher Xudayberdiyev o‘rniga G‘anisher Mamatqulov, viloyat hokimini o‘rinbosari, xotin qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Gulnora To‘rayeva o‘rniga Nazira Muxtorova, viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Shuhrat Jo‘rayev o‘rniga Akrom Rahmonqulov viloyat hokimi o‘rinbosarlari etib tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют