» » Blokcheyn va kriptovalyuta: Muqarrar inqilob!

Blokcheyn va kriptovalyuta: Muqarrar inqilob!


Blokcheyn texnologiyasi bosqichma-bosqich jahon maydoniga kirib bormoqda – ushbu muqarrar texnologik inqilob nafaqat moliyaviy xizmatlar sanoati, balki jamiyat hayotidagi boshqa soha va yo‘nalishlarni ham o‘zgartirib yuborish xususiyatiga ega. Kelajak aynan matematik algoritm asosiga qurilgan ushbu tizimga bog‘liq, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

28-aprel kuni O‘zbekistonda birinchi marta “Blokcheyn texnologiyasini va raqamli iqtisodiyot tamoyillarini ilgari surish” xalqaro konferensiyasi — World Blockchain and Cryptocurrency Summit Tashkent bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston o‘z ortidan mamlakatga yirik hajmdagi xorijiy sarmoyalarni jalb etish imkonini beruvchi yangi texnologiyalar asriga o‘tish uchun ulkan insoniy va intellektual resurslarga ega. Agar siz zamon bilan hamnafas bo‘lish, novatorlik g‘oyalarini joriy etish va ulardan foydalanishni istasangiz, o‘z faoliyatingiz yoki biznesingizda blokcheyn texnologiyasini qabul qilishingiz, tushunishingiz va qo‘llashingiz lozim.

Tadbirda 50 dan ortiq mamlakatlar va 100 dan ziyod tashkilotlar vakillari qatnashadi. Uchrashuv doirasida Latviya, Gollandiya, Isroil, Bahrayn, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Nigeriya, Qozog‘istondan 15 nafar spiker nutq so‘zlaydi. Mutaxassislar O‘zbekiston va yaqin atrofdagi qo‘shni mamlakatlardan kelgan ushbu sohadagi hamkasblari va tajribali targ‘ibotchilarga (“oqsoqollar”) o‘zlarining amaliy ko‘nikmalari hamda ayni damdagi ishlanmalarini namoyish etishadi.

Xalqaro konferensiya ishtirokchilari raqamli iqtisodiyotning ko‘plab dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. Ular orasida tartibga solish va soliqqa tortish muammosi, ma’lumotlar anonimligi, blokcheyn texnologiyasi, mayning, kriptovalyutani saqlash va ayirboshlash va boshqalar bor. Bundan tashqari, investitsiyaviy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, AKT bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni ham kelishib olish rejaga kiritilgan.

Keng miqiyosli anjumanda ishtirok etish orqali kriptovalyutalar va blokcheyn texnologiyalari dunyosining sirlari, kriptovalyuta bozorining 2020-yilgacha bo‘lgan davrda taraqqiy etish prognozlarini bilib olish, mayning olamining texnik “sehrgarligi” va kriptovalyuta ishlab chiqish prinsiplarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Sammit doirasida Uzbekistan ICO Show bo‘lib o‘tadi, unda Markaziy Osiyoning eng istiqbolli va tez rivojlanayotgan iqtisodiyoti — O‘zbekiston bo‘yicha loyihalar taqdim etiladi.

Bilim izlab boshqa mamlakatlarga borishingiz ham shart emas, uning o‘zi sizni yo‘qlab kelmoqda. Buning ustiga, mazkur bilimlarning barchasi 1 kunda, muayyan maqsadga yo‘naltirilib, markazlashgan bo‘ladi! Axir bundan ortiq baxt bormi?

Tashkilotchi

Morningstar Solutions – O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida blokcheyn texnologiyalari hamda uning asosida yaratilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar kompaniyasi. Aynan ushbu kompaniya mazkur yo‘nalishning mamlakatimizdagi “oqsoqoli” (“pioneri”) sanaladi.

Hamkorlar

IDACB — Kriptovalyuta va Blokcheyn bo‘yicha Xalqaro Markazlashtirilmagan Assotsiatsiyasi, Business Triangle, Kriptovalyuta va Blokcheyn bo‘yicha Rossiya Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi innovatsiyaviy markazi (MUIC).

Axborot hamkorlari

“Daryo”, “Kommersant.uz”, “Nuz.uz”, UzDaily, “Podrobno.uz”, “Sputnik O‘zbekiston”, “Xalq so‘zi”.

Event-hamkor

Unique Present Media Holding

Sana: 2018-yil, 28-aprel.

O‘tkazilish joyi: International Hotel Tashkent.

Ro‘yxatdan o‘tish va tadbir tafsilotlarini bilish uchun ushbu saytga kirishingiz mumkin: tashkent.wbcsummit.org

Chiptalarni Payme ilovasi orqali 5-apreldan boshlab xarid qilishingiz mumkin!

Ma’lumot uchun telefon: +998 99 8000421

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling: https://t.me/joinchat/AAAAAEqqgiqRweMaGSKYig



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют