Markaziy bank: Bank va ularning filiallariga uch toifadagi shaxslar rahbar sifatida tayinlanmaydi
Markaziy bank uch toifadagi bank rahbarligiga shaxslarni tayinlashni taqiqladi. Mazkur taqiq Markaziy bankning 30-martdagi qarorida keltirib o‘tilgan, deb xabar beradi Spot.
Ushbu hujjat tijorat banklarining rahbarlari, boshqaruv a’zolari, bosh buxgalterlari va ularning filiallari, shuningdek, mikrokredit tashkilotlari va kredit byurolari rahbarlari uchun yangi talablarni tasdiqlaydi.
Talablarga muvofiq, barcha nomzodlar iqtisodiyot sohasida yuqori malakaga va bank sohasida ikki yildan o‘n yilgacha ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari rahbarlik lavozimiga nomzodlar, menejer sifatida tajribaga ega bo‘lishi ham kerak.
Bank va ularning filiallari rahbarligiga uch toifadagi nomzodlar tayinlanmaydi va tavsiya etilmaydi:
Bundan tashqari, yuqorida ko‘rsatilgan lavozimlarga nomzodlar qonunchilikni, pul-kredit siyosati tamoyillarini, qarz berish va depozitlarni bilishi, kompyuter va barcha kerakli bank dasturlarini ishlata olishi lozim.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
