» » Yozuvchilar uyushmasi a’zolari uchun 110 ta kvartirali uy-joy qurib beriladi

Yozuvchilar uyushmasi a’zolari uchun 110 ta kvartirali uy-joy qurib beriladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, uning nizomi va tarkibiy tuzilmasi bugungi shiddatli davr talablariga to‘la javob bermayapti. Bozor iqtisodiyoti va globallashuv jarayonlari bilan bog‘liq hozirgi murakkab sharoitda Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining hayotiy manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyat taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan mashaqqatli ijodiy mehnatini munosib qadrlash, adabiyot va san’at sohasini har tomonlama rivojlantirish, badiiy ijod ahlining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, iste’dodli yosh ijodkorlarni tizimli asosda tarbiyalash va boshqa o‘ta muhim yo‘nalishlarda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilmoqda.

Shunga asosan uyushma faoliyatini takomillashtirish va uning ish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda ijodiy jamoatchilikning

- Yozuvchilar uyushmasining jamiyatda milliy g‘oya, yangicha tafakkur va dunyoqarashni rivojlantirish, yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

- Uyushma a’zolarining ijtimoiy-ma’naviy faolligi va mas’uliyatini oshirish, ularni qadimiy tarixi va boy madaniyatini, fidokorona mehnat bilan erishilayotgan tub o‘zgarishlarni teran aks ettirishga qaratilgan yuksak badiiy asarlar yaratishga rag‘batlantirish;

- Uyushma a’zolarining moddiy va ma’naviy manfaatlarini, mualliflik huquqlarini himoya qilish, ular uchun har tomonlama sharoit yaratib berish, mashaqqatli ijodiy mehnatini adolatli baholash haqidagi takliflari ma’qullandi.

Yozuvchilar uyushmasining oliy organi — Konferensiyasining Uyushmaning tarkibiy tuzilishini qayta ko‘rib chiqish va yangi tahrirdagi nizomini tasdiqlash, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlariga qo‘shimcha shtatlar ajratish haqidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Matbuot va axborot agentligi hamda Uyushma bilan birgalikda ijodkorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish, mulk shaklidan qat’i nazar, barcha ommaviy axborot vositalari, jumladan, elektron OAV, nashriyotlar tomonidan mualliflik gonorari to‘lashni qonuniy asosda ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqsin va ularning ijrosini qat’iy nazoratga olishi;

kitob savdosi tizimini takomillashtirish, jumladan, Uyushma a’zolarining yangi nashr etilgan asarlari mamlakatimizning barcha hududlaridagi o‘quvchilarga o‘z vaqtida yetib borishini, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari ishlab topilgan mablag‘lari, shuningdek, korxona va tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalarining o‘z mablag‘lari hisobidan ushbu kitoblarni sotib olishini va ular bilan o‘z tasarrufidagi axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, madaniyat saroylari, ma’naviyat xonalarini ta’minlashi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishi belgilandi.

Uyushma a’zolari uchun Toshkent shahrida imtiyozli ipoteka krediti asosida 110 ta kvartirali uy-joy qurish ishlari boshlangani ma’lumot uchun qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda viloyatlar hokimliklari 2018-2021 yillarda hududlarda yashab faol ijod qilayotgan, uy-joyga muhtoj Uyushma a’zolari uchun imtiyozli ipoteka krediti asosida uy-joylar ajratish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. Vazirlar Mahkamasi mazkur rejalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini qat’iy nazoratga olishi;

Mazkur uy-joylarni taqsimlashda qonuniylik va adolat mezonlariga qat’iy amal qilishga alohida e’tibor qaratilishi belgilandi.

Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vaziri A. Aripov va O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют