» » “Obod qishloq” dasturi asosida Farg‘onada ham keng ko‘lamli qurilish ishlari boshlab yuborildi

“Obod qishloq” dasturi asosida Farg‘onada ham keng ko‘lamli qurilish ishlari boshlab yuborildi


Joriy yilda Farg‘onaning 15 tumanidagi 30 mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 78 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i, elektr-energiyasi bilan ta’minlash uchun 74 kilometr havo liniyasi tortilib, 92 ijtimoiy obyekt quriladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Dasturga asosan, tumandagi ‘Shoyimbek’ va ‘Mustaqillik’ mahalla fuqarolar yig‘inlarida bunyodkorlik ishlari olib boriladi, — deydi Furqat tumani hokimi o‘rinbosari Raufjon Hamdamov. — Xususan, ijtimoiy soha obyektlarida bir qator amaliy ishlar bajarilishi rejalashtirilgan. 19 va 20-maktabgacha ta’lim muassasalari, 20-umumta’lim maktabi ta’mirlanadi, ‘Shoyimbek’ mahallasida 2,6 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi, aholiga 376 dona gaz balloni yetkazib beriladi. Mustaqillik mahallasi uchun ham zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi hamda daxldor korxona va tashkilotlar biriktirildi”.

Oltiariq tumanida ham mazkur yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi. “Qapchug‘ay”, “Tinchlik” va “Poloson” mahalla fuqarolar yig‘inlarida qurilish-obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Mazkur hududlardagi 5 ming 900 xonadonda 29 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ishchi guruh tomonidan mazkur hududda 31 kam ta’minlangan oila borligi aniqlandi va ularga tegishli ko‘mak berilmoqda. Joylardagi betartib qurilgan va hududning umumiy manzarasiga yarashmaydigan turar joylar bugungi me’morchilik talablariga moslashtirilmoqda. Ko‘chalar obodonlashtirilib, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

Qo‘shtepa tumanida ham obodonlashtirish avjida. Hududdagi Sohibkor, Xumdon qishloqlarida uy-joylarni ta’mirlash, 7 kilometrlik ichimlik suvi, 7,4 kilometr elektr energiyasi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini muntazam yetkazib berishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют