» » O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun yangi innovatsion olimpiada joriy etildi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun yangi innovatsion olimpiada joriy etildi


O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, endilikda umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘z bilimini yangi innovatsion olimpiadada namoyish etadi, deb yozmoqda O‘zA.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, o‘g‘il-qizlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularning fanlar bo‘yicha olgan bilimlarini keng namoyon etishiga imkoniyat yaratish maqsadida joriy yildan boshlab innovatsion olimpiada tashkil etilmoqda.

Mazkur olimpiada shu kungacha o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadalaridan olingan tajriba, qolaversa, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari va ekspertlarning taklif, mulohazalariga ko‘ra tashkil etildi.

Yana bir muhim jihati, vazirlik innovatsion olimpiadani adolatli, oshkora va shaffof tashkil etish, haqqoniy baholashni ta’minlash, jamoatchilik nazorati uchun keng imkoniyat yaratilgan.

Jumladan, test sinovlari onlayn tarzda Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan elektron dastur yordamida o‘tkaziladi.

Innovatsion olimpiadaning barcha bosqichlarida tashkiliy qo‘mita, hay’at a’zolarining farzandlari, o‘quvchilari yoki yaqin qarindoshlari ishtirok etayotgan bo‘lsa, ushbu shaxslar tegishli qaror asosida tashkiliy qo‘mita yoki hakamlar hay’ati a’zolari tarkibidan chiqariladi.

Tanlovning adolatli o‘tkazilganligiga shubha tug‘ilsa, g‘oliblar yoki boshqa qatnashchilarning ishlari jamoa rahbarlari, ishtirokchilar va ularning ota-onalariga ko‘rsatilishi mumkin.

Shuningdek, innovatsion olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar kelgusida nufuzli, xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida mamlakat nomidan ishtirok etishga tavsiya etiladi.

Ushbu loyihani amaliyotga tatbiq etishda mutaxassislar, pedagoglar, ota-onalar va keng jamoatchilikning fikri o‘rganib boriladi. Konstruktiv taklif va mulohazalar asosida olimpiadani o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritish mumkin.

Hozirda innovatsion olimpiadaning hududiy bosqichlari yakunlandi. Respublika bosqichi shu yilning 14—15-aprel kunlari yettita hududda bo‘lib o‘tadi.

Innovatsion olimpiada o‘tkazilish jarayonlari, natijalari to‘g‘risida axborotlar, test savollari namunalari vazirlikning rasmiy saytida e’lon qilib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют