» » AQShda politsiyachilar qo‘lida quvur bo‘lagi bo‘lgan qora tanli erkakni otib tashladi

AQShda politsiyachilar qo‘lida quvur bo‘lagi bo‘lgan qora tanli erkakni otib tashladi


AQShning Nyu-York shahrida politsiyachilar qora tanli kishining qo‘lidagi quvur bo‘lagini to‘pponcha deb o‘ylab, uni otib tashladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Politsiyachilar o‘tkinchilarning xabari asosida voqea joyiga yetib kelgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum erkak odamlarga qurol o‘qtalgan.

Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, ular erkakning qo‘lidagi quvur bo‘lagini to‘pponcha deb o‘ylab, unga o‘q uzishga majbur bo‘lgan. Erkak ikki qo‘lini oldinga cho‘zib, xuddi otishga tayyorlanayotgandek, buyumni qo‘liga olgan. To‘rt nafar politsiyachi jami o‘nta o‘q uzgan. Erkak otib tashlanganidan keyin uning qo‘lidagi narsa quvur bo‘lagi ekani ma’lum bo‘lgan.

Halok bo‘lgan 35 yoshli erkak Sahid Vassel quroldan foydalanishni bilmagan va bipolyar ruhiy kasallikdan aziyat chekkan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют