» » Samsung Galaxy S8 sun`iy aql salohiyatiga ega bo'ladi

Samsung Galaxy S8 sun`iy aql salohiyatiga ega bo'ladi

Samsung Galaxy S8 sun`iy aql salohiyatiga ega bo'ladi

Samsung kompaniyasi vakillarining so'zlariga ko'ra, Galaxy S8 sun`iy aql salohiyatiga (SA) ega virtual yordamchi bilan ta`minlanadi. The Korean Times shu haqida xabar berdi. 

"Galaxy S8 bizning SA-yordamchi texnologiyali ilk smartfonimiz bo'ladi, - deydi Samsung Electronics vitse-prezidenti In Yong Ri. — Bu sun`iy aql salohiyati bilan ta`minlangan qurilmalar qanday qilib inson hayotiga yanada ko'proq qulaylik olib kirishi mumkinligi haqidagi tasavvurga erishish sari qo'yilgan ilk qadam bo'ladi".

Kompaniya yaqindagina qo'lga kiritgan Viv startapi (aqlli yordamchini ishlab chiqish bilan shug'ullangan) tufayli o'z g'oyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu yordamchi turli masalalarni hal qilishda begona qurilmalar va servislar bilan "hamkorlik qilish"ga qodir. 

Samsung xodimining ta`kidlashicha, kelajakda ilovalarni foydalanuvchilar ishga tushirishmaydi — virtual yordamchi barcha harakatlarni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Ishlab chiqaruvchilar unga o'z dasturlarini o'rnatishlari va shu tariqa yordamchining imkoniyatlarini kengaytirishlari mumkin bo'ladi.

Опубликовано: special_one (7-11-2016, 22:23)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 15) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют