» » Davlat to'ntarishiga urinishda ayblangan qozog'istonlik tadbirkorga hukm o'qildi

Davlat to'ntarishiga urinishda ayblangan qozog'istonlik tadbirkorga hukm o'qildi

Davlat to'ntarishiga urinishda ayblangan qozog'istonlik tadbirkorga hukm o'qildi

Ostona sudi tadbirkor Toxtar Tuleshovni davlat to'ntarishini tashkil etishda aybdor deb topib, 21 yilga ozodlikdan mahrum etishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda Tengrinews agentligi. Ta`kidlanishicha, u muddatini qat`iy tartibdagi koloniyada o'tkazadi. 

Sud xulosasini o'qib bergan sudya Yerbol Axmetjanovga ko'ra, Qozog'iston Respublikasi Jinoyat kodeksi 58-moddasi 4-bandiga asosan, jinoyatlarga tayinlanuvchi jazo muddatlarini qisman umumlashtirish yo'li bilan Tuleshovga 21 yillik ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. 

Bundan tashqari, ayblanuvchining noqonuniy yo'llar bilan orttirgan boyligi va mol-mulki musodara qilinadi. Tuleshov shuningdek, tijorat va jamoat tashkilotlaridagi rahbarlik lavozimini  egallash huquqidan umrbod mahrum etilgan. 

Mamlakat JKning 49-moddasidan kelib chiqqan holda, Tuleshovdan polkovnik unvoni olib qo'yilgan hamda uni davlat mukofoti - «Kurmet» ordenidan mosuvo etish bo'yicha prezident Nursulton Nazarboyevga taklif kiritish belgilangan. Jazoni o'tash muddati Tuleshovning qamoqqa olingan kuni, ya`ni 2016 yil 30 yanvardan hisobga olinadi. 

Iyul oyida Qozog'iston milliy xavfsizlik qo'mitasi chimkentlik tadbirkor Toxtar Tuleshovning mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga uringani haqida ma`lum qilgan edi. 

Qo'mitaning qayd etishicha, tadbirkor hokimiyatni kuch bilan egallab olish borasida anq ishlarni amalga oshirgan. U jumladan sun`iy ravishda ommaviy norozilik namoyishlari va tartibsizliklarni keltirib chiqarish, buning vositasida muqobil hukumatni shakllantirish hamda amaldagi hukumat tuzilmasini o'zgartirishni rejalashtirgan.
Опубликовано: special_one (7-11-2016, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют