» » Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi nima sababdan Mahtumquli ko‘chasidagi daraxtlar kesilayotganiga tushuntirish berdi

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi nima sababdan Mahtumquli ko‘chasidagi daraxtlar kesilayotganiga tushuntirish berdi


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi o‘zining Facebook’dagi sahifasida shahardagi daraxtlarning kesilishiga qarshi chiqqan taniqli telejurnalist Dildor Islomovaning postida javob berdi.

Telejurnalist Dildor Islomova Facebook’dagi sahifasida o‘zi istiqomat qiladigan ko‘chada obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan yozda aholiga o‘zining soyasi va mevalari, shuningdek, ko‘rkamligi bilan xizmat qilib turgan ulkan daraxtlarning kesilayotgani tasvirlangan video va suratlarni joylashtirgan edi. Jurnalist nima sababdan bunday qilinayotgani, bunday ko‘zbo‘yamachilik kimga kerak ekanligini so‘rab murojaat yo‘llagan. Tuman hokimligi esa ushbu murojaatga javob yo‘lladi.

“Hurmatli Dildor Islomova!

Sizning avvalo tumanimiz taqdiriga beparvo va e’tiborsiz bo‘lmaganingiz uchun tashakkur bildiramiz.

Sahifangizga joylashtirilgan post bilan tanishib chiqib, unga to‘g‘ri va ishonchli javob qaytarishga qaror qildik.

Ushbu hududni obodonlashtirish ishlari keyinroqqa rejalashtirilgan edi, biroq yaqin kunlar ichida mehmonlarning tashrifi kutilayotgani sabab jarayon tezlashtirildi.

Qayd etganingizdek, obodonlashtirish ishlari faqatgina sizning uyingiz atrofida emas, balki butun Mahtumquli ko‘chasida olib borilmoqda. Shuningdek, mazkur jarayon doirasida daraxtlarni kesish, ularga shakl berish va ularni estetik zavq beradigan ko‘rinishga keltirish nazarda tutilgan. Shaharni tartibli zamonaviy ko‘rinishga keltirish borasidagi harakatlarimiz tanqidga loyiq emas, axir vaqt bir joyda to‘xtab qolgani yo‘q va biz shahar ham tirik organizm ekanligini, aholi ko‘payayotgani, turar va noturar hududlar borgan sari ortib borayotganini anglab turibmiz. Daraxtlar ham o‘sadi, ba’zida ular ham qariydi, chiriydi. Yashil ko‘kalamzorlarni yosh va sog‘lom bo‘lishini nazorat qilish oson ish emas. Ba’zida qarib qolgan daraxtlarni olib tashlashga to‘g‘ri keladi. Bu kabi qarorlarni qabul qilish oson emas.

Rejalashtirish ham shunga asosan tuziladi, chopilgan eski daraxtlar o‘rniga yangisi ekiladi.

Obodonlashtirish borasidagi qaror hudud bo‘ylab aylanib chiqilganidan so‘ng qabul qilingan. 48-raqamli uyning fasad qismi ko‘p yillardan buyon ta’mirlanmagan va shaharning estetik ko‘rinishiga javob bermagan. Shu sababli ta’minlashga qaror qilindi. Bundan tashqari mehmonlarning kelishi o‘z uyimizni tartib solishimizga yana bir sabab bo‘ladi.

Va albatta, bu “kimningdir kelishi uchun tayyorlanayotgan ko‘zbo‘yamachilik dasturi emas”, axir bu bizning yashash muhitimiz, bizning uyimiz!

Biz ta’mirlash ishlari borasida aholi bilan o‘z vaqtida tushuntirish ishlarini olib bormaganimiz va bu haqida ma’lumot berishga ulgurmaganimiz uchun kechirim so‘raymiz. Shuningdek, sizni ishontirib aytishimiz mumkinki, ushbu ish ijrochilarining aholi bilan noto‘g‘ri aloqasi holatlari bilan shug‘ullanishga va’da beramiz.

Nima bo‘lganda ham biz siz kabi faol fuqarolik pozitsiyasiga ega aholimizga minnatdorchilik bildiramiz va o‘z oldimizga Mirzo Ulug‘bek tumanini shahardagi eng qulay, rivojlangan va ekologik tumanga aylantirish maqsadini qo‘yamiz.

P.S. O‘rik daraxti chopib tashlanmadi. Shunchaki uning quruq shohlari kesilgan. Umid qilamizki, mazkur daraxt yana ko‘p yillar o‘zining soyasi va mazali mevalari bilan sizlarni xushnud etib keladi.

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют