» » Nyu-Yorkda politsiyachilar qora tanli erkakning qo‘lidagi quvur bo‘lagini to‘pponcha deb o‘ylab, uni otib tashladi (video)

Nyu-Yorkda politsiyachilar qora tanli erkakning qo‘lidagi quvur bo‘lagini to‘pponcha deb o‘ylab, uni otib tashladi (video)


Nyu-Yorkning Bruklin tumanida politsiyachilar 34 yoshli qora tanli erkakning qo‘lidagi quvur bo‘lagini to‘pponcha deb o‘ylab, uni otib tashladi, deb yozadi Forum Daily.

Qora tanli erkak ko‘chada yurib, qo‘lidagi to‘pponcha shaklidagi metall quvur parchasini o‘tkinchilarga yo‘naltirgan. Bir holatda uni odamlardan birining ko‘ksiga tiragan.

911 xizmatiga ko‘chada bir erkak yurib, to‘pponchaga o‘xshagan buyum bilan odamlarga hujum qilayotgani haqida xabarlar kelib tushgan.

Politsiya xodimlari erkakni topgach, uning qo‘lidagi quvurni haqiqatan ham to‘pponcha deb o‘ylab, uni o‘qqa tutdi. Erkak quvurni ikki qo‘li bilan tutib, xuddi otishga tayyorgarlik ko‘rayotgandek holatda turgan.

To‘rtta ofitser unga jami o‘nta o‘q uzgan. Erkak otib tashlanganidan keyingina uning qo‘lidagi narsa quvur bo‘lagi ekanligi ma’lum bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют