» » Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi


Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi. O‘zbekiston Prezidentining “2017 – 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p qavatli uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Yashnobod tumani “Olmos” mahalla fuqarolar yig‘inida 48 ta besh qavatli uy bunyod etilmoqda, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

1 ming 440 xonadondan iborat ushbu turar joylar harbiylarga topshiriladi. O‘ziga xos harbiy shaharcha bo‘ladigan ushbu mavzeda bolalar bog‘chasi, maktab, poliklinika va boshqa ijtimoiy obyektlar barpo etiladi.

Shavkat Mirziyoyev hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, uylarda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bunday uylarning qurilishi O‘zbekiston mudofaa salohiyatini mustahkamlash, harbiylarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning uzviy davomi ekanligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev shu yerda huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilari bilan muloqot qildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev xorijiy investitsiyalarning muayyan foizini ilmiy kadrlar tayyorlashga yo‘naltirish bo‘yicha topshiriq berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют