» » Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlari tashkil etiladi

Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlari tashkil etiladi


Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari tashkil etiladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Mazkur farmon bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida:

a) Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi va uning tuzilmasiga kiruvchi:

Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnikaviy ko‘mak vositalarini jalb qilish boshqarmasi;

Eksport va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish boshqarmasi;

Hukumatlararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;

Turizmni rivojlantirish sohasidagi xalqaro hamkorlik boshqarmasi;

b) Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati negizida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi;

v) Konsullik boshqarmasi negizida Konsullik-huquq departamenti;

g) Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar bo‘limi;

d) Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi va uning tarkibida Murojaatlarni qabul qilish sektori (call-center);

ye) Diplomatik servis xizmati negizida Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi;

j) “Jahon” axborot agentligi negizida “Dunyo” axborot agentligi va Media-markaz;

z) Tarjimonlar byurosi;

i) Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi negizida Tahlil va prognozlashtirish markazi;

k) Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.

Shuningdek, xorijda stipendiantlarning malaka oshirishi, stajirovkasi va o‘qishini tashkil etish bo‘yicha Prezidentning “Iste’dod”  jamg‘armasi Tashqi ishlar vazirligiga bo‘ysunadigan Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi sifatida qayta tashkil etiladi.

Tashqi ishlar vazirligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida O‘zbekistonning diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasining diplomatik xizmati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi tuziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют