» » O‘zbekistonda 10 yil ichida miokardning o‘tkir infarktidan o‘lim holatlari 9—10 foizgacha kamayishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 10 yil ichida miokardning o‘tkir infarktidan o‘lim holatlari 9—10 foizgacha kamayishi kutilmoqda


Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida uch qavatli yangi bino foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foydalanishga topshirilgan yangi binoda bemorlar barcha tekshiruvlardan o‘tish imkoniga ega — funksional diagnostika bo‘limida EKG, EXOKG, VEM, Tredmil test, XMEKG kabi tekshiruvlar, shuningdek, rentgen, genetik tahlil o‘tkazish, ambulator tekshiruvlar xonasi va ma’muriy xonalar tashkil etilgan.

Ikkinchi qavatda 20 o‘ringa mo‘ljallangan intervension aritmologiya bo‘limi, rentgen operatsion blok tashkil etilgan. Uchinchi qavatda 20 o‘rinli intervension kardiologiya va rentgen endovaskulyar jarrohlik bo‘limi joylashgan bo‘lib, bu yerda jahon tibbiyotida qo‘llanilayotgan intervension jarrohlik amaliyotlarining barchasini o‘tkazish mumkin.

Yangi bino qurilishi uchun davlat tomonidan 20 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. Binoga o‘rnatilgan xorijiy CIAT ventilyatsiya sistemasi haroratni qishin-yozin bir xilda saqlash va doimiy toza havo bilan ta’minlash imkonini beradi.

Germaniyaning KfW banki tomonidan O‘zbekiston tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun ajratilgan kredit mablag‘larining 3,5 million yevrosi evaziga Rentgen endovaskulyar jarrohlik bo‘limiga Gollandiyaning Philips Allura Xper FD20 firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan universal angiografiya uskunasi, elektrofiziologik tekshiruvlar uchun BARD sistemasi, harakatlanuvchi angiografiya uskunasi, radiochastotali generator va boshqa yuqori texnologiyali uslublarga asoslangan apparatlar o‘rnatildi.

Endilikda yangi binoda yurak qon-tomir kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va davolash amaliyotlarini tizimli asosda amalga oshirish barobarida, yiliga 1000 dan ortiq bemorda koronarografiya va stentlash amaliyotini o‘tkazish mumkin. Bunday usul bilan yurak qon-tomir kasalliklarining eng og‘ir turi hisoblangan miokard infarktining oldi olinadi. Ushbu ilg‘or texnologiyalarning tibbiyotimizga kirib kelishi tufayli keyingi 10 yil ichida miokardning o‘tkir infarktidan sodir bo‘layotgan gospital o‘lim holatlari 9-10 foizgacha kamaydi.

Akademik Ravshanbek QURBONOV, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Binoda, shuningdek, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining kardiologiya kafedrasi o‘quv xonalari, majlislar zali, kutubxona, kardiologiya muzeyi, ma’rifat va targ‘ibot xonalari ham tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют