» » Abdulaziz Komilov Minsk shahrida MDH tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etdi

Abdulaziz Komilov Minsk shahrida MDH tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etdi


6-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Minsk shahrida MDH tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda xalqaro kun tartibi va MDH shaklidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

MDH nizomiy organlari majlislariga tayyorgarlik doirasida MDH ishtirokchi davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari ko‘p tomonlama hujjatlar loyihasini muhokama qildilar va ma’qulladilar, shular jumlasiga Informatsion texnologiyalar sohasidagi jinoyatchilik bilan kurashda hamkorlik to‘g‘risida bitim, 2019–2023-yillarga mo‘ljallangan jinoyatchilik bilan kurashish chora-tadbirlari davlatlararo dasturi va boshqalar kiradi.

Vazirlar uchrashuvida TIVKning navbatdagi majlisini MDH sammiti arafasida joriy yil kuzida Dushanbe shahrida o‘tkazish qarori qabul qilindi.

Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlari delegatsiyalari rahbarlari Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют