» » Abdulaziz Komilov MDH Ijroiya qomitasi raisi Sergey Lebedevga Dostlik ordenini topshirdi

Abdulaziz Komilov MDH Ijroiya qomitasi raisi Sergey Lebedevga Dostlik ordenini topshirdi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirigiga kora 6-aprel kuni Minsk shahrida bolib otgan MDH ishtirokchi-davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi davomida Ozbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hamdostlik davlatlari tashqi siyosat idoralari delegatsiyalari rahbarlari va azolari hozirligida MDH Ijroiya qomitasi raisi ijrochi kotibi Sergey Lebedevga Dostlik ordenini topshirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ozbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari Ozbekiston Prezidenti farmonini oqib berdi va Sergey Lebedevga kop tomonlama samarali aloqalar, MDH doirasida dostona va yaqin qoshnichilikka asoslangan davlatlararo munosabatlar, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kop tomonlama loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtiroki, shuningdek, Hamdostlik hududida xavfsizlik va barqarorlikni taminlashdagi kop yillik shaxsiy hissasi uchun yuqori davlat mukofotini topshirdi.

Oz navbatida Sergey Lebedev MDH Ijroiya qomitasi raisi ijrochi kotibi lavozimidagi faoliyatiga yuqori baho bergani uchun Shavkat Mirziyoyevga ozining samimiy va chuqur minnatdorligini yetkazishni soradi va ozi tugilib osgan mamlakati Ozbekistonning oliy davlat mukofotlaridan birini olish uning uchun alohida ahamiyat kasb etishini takidladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-04-2018, 21:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 3) ( 3)
:
-
:
20 ... -