Superliga. “Paxtakor” legioneri penaltini urolmagan o‘yinda “Buxoro” g‘alabaga erishdi (video)
Kecha, 5-aprel sanasida O‘zbekiston Superligasi bahslarining 5-turiga start berilgan edi.
Mavzuga doir: “Neftchi” o‘z maydonida AGMKga yutqazib qo‘ydi
“Neftchi” o‘z maydonida AGMKni qabul qilib, yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, “Bunyodkor” safarda “Qizilqum”ni mag‘lub etishga erishdi.
Mavzuga doir: “Bunyodkor” “Qizilqum”ni mag‘lub etib, peshqadamlikni mustahkamladi
Bugun esa 5-tur doirasida yana ikkita o‘yin bo‘lib o‘tishi belgilandi. Shulardan biri Buxoroda bo‘lib o‘tdi.
Buxoroda mezbon “Buxoro” jamoasi Toshkentning “Paxtakor”ini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi. O‘yindagi yagona gol 43-daqiqada Salamat Qutiboyev tomonidan kiritildi.
Qayd etish joiz, “Paxtakor”ning portugaliyalik legioneri Ismoil Gonsalvesh 38-daqiqada “Buxoro” darvozasiga belgilangan penaltini golga aylantira olmadi. Shu tariqa “Paxtakor” Buxorodan mag‘lubiyat bilan qaytadigan bo‘ldi.
Ayni damda kunning ikkinchi o‘yini “Metallurg” hamda “So‘g‘diyona” o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.
Superliga
5-tur bellashuvlari
6-aprel, juma
Gol: 1:0 — 43 Salamat Quttiboyev
Amalga oshirilmagan penalti: 38 Ismoil Gonsalvesh (P)
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
