» » Superliga. “So‘g‘diyona” Bekobodda “Metallurg”ga ham mag‘lub bo‘ldi

Superliga. “So‘g‘diyona” Bekobodda “Metallurg”ga ham mag‘lub bo‘ldi


Kecha, 5-aprel sanasida O‘zbekiston Superligasi bahslarining 5-turiga start berilgan edi.

Mavzuga doir: “Neftchi” o‘z maydonida AGMKga yutqazib qo‘ydi

“Neftchi” o‘z maydonida AGMKni qabul qilib, yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, “Bunyodkor” safarda “Qizilqum”ni mag‘lub etishga erishdi.

Mavzuga doir: “Bunyodkor” “Qizilqum”ni mag‘lub etib, peshqadamlikni mustahkamladi

Bugun esa 5-tur doirasida yana ikkita o‘yin bo‘lib o‘tishi belgilandi. Shulardan biri Buxoroda bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga doir: “Paxtakor” legioneri penaltini urolmagan o‘yinda “Buxoro” g‘alabaga erishdi (video) 

Hozirgina “Metallurg” hamda “So‘g‘diyona” o‘rtasidagi kunning ikkinchi uchrashuvi ham o‘z yakuniga yetdi. Bellashuv mezbon “Metallurg” jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. 2 ta gol ham ikkinchi bo‘limda kiritildi. Dastlab 55-daqiqada Shahzod Shaymanov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tib, Islom Isoqjonov hisobni 2:0 bo‘lishini ta’minladi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng “So‘g‘diyona” Superliganing so‘nggi o‘rnida qoladigan bo‘ldi.

Superliga

5-tur bellashuvlari

6-aprel, juma

Gollar: 1:0 — 55 Shahzod Shaymanov. 2:0 — 60 Islom Isoqjonov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют