» » Xorazmda Magnum traktori Spark bilan to‘qnashdi. 2 kishi halok bo‘ldi 

Xorazmda Magnum traktori Spark bilan to‘qnashdi. 2 kishi halok bo‘ldi 


Xorazm viloyatining Shovot tumanida 5-aprel kuni ro‘y bergan YTHda 2 kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shu kuni soat 01:10 atrofida tuman MMTP traktorchisi, 1990-yilda tug‘ilgan M.Hayitboyev o‘ziga biriktirilgan Magnum traktorida “Shovot—Urganch” yo‘lining 22-kilometrida chap tomonga burilayotib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan O.Pirmetov (1993) boshqaruvidagi Spark mashinasiga yo‘l bermasligi oqibatida to‘qnashuv sodir etdi.

Hodisa oqibatida Spark haydovchisi O.Pirmetov va yo‘lovchi T.Atamuratov (1992) voqea joyida halok bo‘ldi. Yana bir yo‘lovchi — O.Rajabov (1990) jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют