» » Mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo'llarga e`tibor qaratadigan vaqt keldi

Mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo'llarga e`tibor qaratadigan vaqt keldi

Mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo'llarga e`tibor qaratadigan vaqt keldi

Bugungi kunda aksariyat qismi achinarli ahvolga kelib qolgan mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo'llarga ham e`tibor qaratadigan vaqt keldi. Bu haqda O‘zLiDeP Matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.

Ushbu g'oya Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturidagi ijtimoiy sohani rivojlantirish borasidagi «Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” tamoyilini izchillik bilan hayotga tatbiq etish borasidagi belgilangan tadbirlarida o'z ifodasini topgan. 

Saylovoldi dasturiga kiritilgan mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo'llarni hamda yo'l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish dasturi mamlakatimiz rivoji uchun qanchalik dolzarb ekanligi mana bu raqamlarda yaqqol ko'rinadi. Xususan 75 ming kilometr yoki 64 foiz ichki yo'llarimiz ta`mirtalab ahvolda. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarining bir qismi hech qanday qoplamasiz, ya`ni tuproq yo'llardir. Shuningdek, 9 ming 500 kilometr yo'llarni rekonstruksiya qilish talab etilmoqda.

Shuning uchun yangi dasturda umumiy foydalanishdagi 1 ming 700 kilometrlik avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish mo'ljallanmoqda. Shuningdek, aholi uchun o'ta muhim bo'lgan 10 ming 400 kilometrlik xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarini, shaharlar, tuman markazlari, kichik shaharchalar va qishloq joylardagi mahalla ko'chalarini kapital va joriy ta`mirlash rejalashtirilmoqda. Bu dasturni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Yo'l jamg'armasi va «O'zavtoyo'l» kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi va faoliyati tubdan qayta ko'rib chiqiladi.

Mazkur dasturning mantiqiy davomi sifatida Qishloqlar va shaharlarda transport xizmatini yanada yaxshilash dasturi ham ishlab chiqiladi. Bu dasturga asosan 74 ta avtovokzal va avtostansiya rekonstruksiya qilinadi va yo'lovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratilib, ularning xavfsizligini ta`minlash choralari ko'riladi. Yangi 3 mingta avtobus, 5 ming 700 ta mikroavtobus sotib olinib, 300 dan ortiq yangi avtobus yo'nalishlari ochiladi va mavjud yo'nalishlardagi eskirgan avtobuslar yangilanadi.

Shu bilan birga, havo va temir yo'l infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida avvalo, Toshkent xalqaro aeroportining yangi terminalini barpo etish, Buxoro – Miskin temir yo'l tarmog'i qurilishini yakuniga yetkazish va elektrlashtirish, Qarshi – Termiz, Pop – Namangan – Andijon – Qo'qon temir yo'llarini elektrlashtirish ishlari ham ko'zda tutilmoqda. Shuni ta`kidlash lozimki, soatiga 1,5 ming yo'lovchiga xizmat ko'rsatadigan yangi xalqaro terminal qurilishi 2019 yil oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Toshkent aeroportini Markaziy Osiyoning bog'lovchi aeroportiga aylantirish, shuningdek, mamlakat raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 336 million dollardan oshadi. Yana bir qiymati 283,1 mln. dollarga teng Buxoro – Miskin temir yo'l tarmog'ini qurish loyihasi esa O'zbekistondan Qozog'iston va Rossiyaga yuk oqimini oshirish imkoniyatini beradi. Qurilish loyihasi ikkita bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab teplovozli tortishdagi temir yo'l tarkiblari harakatlanishi uchun uchastka qurilishi ko'zda tutilgan. So'ngra, uzunligi 396,3 kilometrga teng mazkur uchastka elektrlashtiriladi.

Xalqimizda yo'l qadrini yurgan bilar, degan hikmatli naql bor. Partiyamiz tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida ko'rsatilgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylovoldi dasturida odamlarni hayotdan rozi qilish, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish asosiy maqsad qilib qo'yilgan. Elim deb, yurtim deb yonib yashayotgan, ijtimoiy-siyosiy hayotning har bir jabhasida faol ishtirok etib kelayotgan har bir yurtimiz fuqarosini prezidentlik saylovlarida  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi nomzodiga ovoz berishga chaqiramiz.
Опубликовано: special_one (9-11-2016, 18:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют