» » Samarqandda soxta kapitan ushlandi (foto)

Samarqandda soxta kapitan ushlandi (foto)


Samarqand shahrida ichki ishlar organlari xodimi kiyimini kiyib olgan soxta kapitan qolga olindi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati Daryoga malum qildi.

Xabar berishlaricha, 31-mart kuni 23:30 atrofida Samarqand shahar Mirzo Ulugbek kochasida joylashgan Yangi yulduz tungi klubida egnida ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus harbiy-dala kiyimi bolgan shubhali shaxs otirgani, uning yonida Makarov topponchasiga oxshash qurol borligi haqida tezkor xabar kelib tushgan.

Tungi klubga zudlik bilan Samarqand viloyati IIB Oz xavfsizligi xizmati va Samarqand shahar IIO FMB xodimlari yetib borgan va asli Toshkent shahrining Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi Abdulatif Rasulov qolga olingan. Uning egnida ichki ishlar organlarining maxsus harbiy-dala kiyimi, yonida Makarov topponchasiga oxshash qurol, 1,5 million som pul bolgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bolimi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda, deyiladi IIB axborotida.

Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati Abdulatif Rasulov ozini IIB xodimi deb tanishtirishi oqibatida zarar korgan fuqarolarni viloyat IIBning (+99866) 233-11-11 raqamli ishonch telefoniga qongiroq qilib, xabar berishni soragan.

Eslatib otamiz, 21-mart kuni Samarqand viloyat IIB xodimlari tomonidan ichki ishlar xizmat formasidagi soxta mayor qolga olingan edi.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-04-2018, 17:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -