» » Yaponiyada Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta dengiz desantlari bo‘linmasi tuzildi

Yaponiyada Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta dengiz desantlari bo‘linmasi tuzildi


Kyusyu orolida Yaponiya mudofaa kuchlari tarkibidagi birinchi dengiz desantchilari bo‘linmasini joylashtirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Reuters agentligining yozishicha, Ikkinchi jahon urushi yakuniga yetganidan beri Yaponiyada ilk bor bunday turdagi harbiy tuzilma tashkil etildi.

Nagasaki prefekturasidagi Sasebo shahri yonidagi harbiy bazada bo‘lib o‘tgan marosimda yangi bo‘linmaning 1,5 mingga yaqin harbiy xizmatchisi qatnashdi.

“RIA Novosti”ning yozishicha, bo‘linmadagi harbiy xizmatchilar soni 2,1 mingga teng, keyinchalik ularning soni 3 minggacha oshirilishi mumkin.

Yangi bo‘linma zimmasiga Sharqiy Xitoy dengizidagi Yaponiyaga tegishli uzoq orollarni, xususan, Senkaku orolini himoya qilish ham kiritilgan.

Bahsli Senkaku oroliga Xitoy ham da’vogarlik qiladi, xitoyliklar bu orolni Dyaoyuydao deb ataydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют