» » C2 guruhi. Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 3:1. Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi

C2 guruhi. Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 3:1. Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi


Ayni damda Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasiga qarshi jang olib bormoqda. Bugun 10 ta jang o‘tkazilishi belgilangan. Hozirgacha ulardan 9 tasi o‘z nihoyasiga yetib ulgurdi.

C1 guruhidan o‘rin olgan 5 ta jangda ham Uzbek Tigers’ning qo‘li baland keldi. C2 guruhining 1-jangi 52 kg vaznda Jasurbek Latipov Xesus Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini muddatidan avval mag‘lub etishga erishdi.

Ikkinchi jang esa 60 kg vaznda Shunqor Abdurasulov va Luis Kabrera o‘rtasida kechdi. Hakamlar ushbu jangda Shunqorning 2:1 hisobida g‘alaba qozonganini qayd etdi.

Uchinchi jang 69 kg vaznda Mahmud G‘oipov hamda Gabriel Maestre o‘rtasida kechdi. Jangda hakamlar Maestrening 3:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.

To‘rtinchi jangda 81 kg vaznda ringga ko‘tarilga Rio Olimpiadasi sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev raqibi Nalej Korbajni muddatidan avval mag‘lub etishga erishdi.

Hisob Uzbek Tigers foydasiga 3:1.

1 ta jang qoldi.

C2 guruhi

+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют