» » Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 9:1. O‘zbekistonlik bokschilar venesuelalik raqiblarini ayab o‘tirmadi

Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 9:1. O‘zbekistonlik bokschilar venesuelalik raqiblarini ayab o‘tirmadi


Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasiga qarshi jang olib bordi. Bugunning o‘zida 10 ta jang o‘tkazilishi belgilangandi. Ularning barchasi o‘z nihoyasiga yetib ulgurdi. Janglarga Termiz shahri mezbonlik qildi.

Jamoalar ikki guruhga C1 va C2 guruhiga bo‘lingan holda jang olib bordi.

Dastavval C1 guruhi bokschilari ringda o‘zaro bellashdi.

-49 kg vazn toifasi bokschilari Nodir Mirzaahmedov hamda Luis Polaso o‘zaro jangda bugungi boks oqshomini ochib berdi. Jangni turkiyalik referi Chinor Yasar boshqarib bordi. Hakamlar qaroriga ko‘ra Nodirjon Mirzaahmedov muddatidan avval g‘alaba qozondi. Raqib bokschining qoshi yorilgani bois, hakamlar jangni to‘xtatdi. Shu tariqa Uzbek Tigers 1:0 hisobida oldingan chiqib oldi.

56 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Shahobiddin Zoirov venusuelalik raqibi Yoel Finolni mag‘lub etdi. Zoirov hakamlarning qaroriga ko‘ra 3:0 (49:46, 49:46, 48:47)  hisobida g‘alaba qozondi.

75 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Isroil Madrimov venusuelalik Keybar Gonsalesga qarshi ringga chiqdi. Isroil Madrimov hakamni ikki bor hisobni ochishga majbur qildi va katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Hakamlar bir ovozdan 3:0 (50:45, 50:43, 50:41) hisobida Isroilning g‘alabasini qayd etdi.

C1 guruhining so‘nggi jangida 91 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Sanjar Tursunovga Venesuela Caciques jamoasidan Bello Dias raqiblik qildi. Sanjar Tursunov ham hakamni 2 bor hisobni ochishga majbur qildi va raqibini mag‘lub etdi. Hakamlar bir ovozdan Sanjarning g‘alabasini qayd etdi. Hisob 3:0 (50:42, 50:44, 50:43) ko‘rinishini oldi.

Shu tariq C1 guruhida Uzbek Tigers raqibini mutlaq 5:0 hisobida yengishga erishdi.

22:00 dan boshlab C2 guruh janglariga start berildi.

C2 guruhining 1-jangi 52 kg vaznda Jasurbek Latipov Xesus Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini muddatidan avval mag‘lub etishga erishdi.

Ikkinchi jang esa 60 kg vaznda Shunqor Abdurasulov va Luis Kabrera o‘rtasida kechdi. Hakamlar ushbu jangda Shunqorning 2:1 hisobida g‘alaba qozonganini qayd etdi.

Uchinchi jang 69 kg vaznda Mahmud G‘oipov hamda Gabriel Maestre o‘rtasida kechdi. Jangda hakamlar Maestrening 3:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.

To‘rtinchi jangda 81 kg vaznda ringga ko‘tarilga Rio Olimpiadasi sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev raqibi Nalej Korbajni muddatidan avval mag‘lub etishga erishdi.

C2 guruhining so‘nggi jangida +91 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Bahodir Jalolov raqibi Jordan Ernandesni nokautga uchratib, muddatidan avval g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa Uzbek Tigers Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasini umumiy 9:1 hisobida mag‘lub etib etishga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 00:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют