» » O‘FA Shavkat Salomovga 10 mln, “Buxoro”ga 300 mln so‘m jarima soldi, “Buxoro” — “Paxtakor” o‘yinida ishlagan bosh hakam esa 2 ta o‘yinga chetlashtirildi

O‘FA Shavkat Salomovga 10 mln, “Buxoro”ga 300 mln so‘m jarima soldi, “Buxoro” — “Paxtakor” o‘yinida ishlagan bosh hakam esa 2 ta o‘yinga chetlashtirildi


Superliganing 5-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Paxtakor” (1:0) o‘yini inspektorining bildirgisiga asosan, O‘FA tartib-intizom qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bildirgida o‘yinga tashrif buyurgan muxlislar avvaliga uchrashuvni boshqarib borayotgan hakamni, keyinroq esa “Paxtakor” futbol klubini haqoratli so‘zlar bilan ommaviy ravishda yerga urdi, deb yozilgan. Jumladan, 20, 26 va 55-daqiqalarda ishqibozlar uchrashuv hakamini, 40 hamda 56-daqiqalarda esa raqib jamoani haqoratlashdan tiyilmagan.

Mazkur holat musobaqalarni o‘tkazish reglamentining 4-bo‘lim 5.55-bandiga ziddir. Unga ko‘ra, stadionga tashrif buyurgan muxlislarning haqoratli va kamsituvchi so‘zlarni aytishiga cheklov qo‘yilgan bo‘lib, jazo sifatida kelasi turni muxlislarsiz stadionda o‘tishi mumkinligi, jamoadan 3 ochko olib tashlanishi mumkinligi, klubning musobaqadan chiqarib yuborilishi yoki 500 million so‘mgacha jarimaga tortilishi ehtimoli borligi ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi Buxoro shahridagi mazkur o‘yin tafsilotlarini o‘rganib chiqdi va “Buxoro” klubini 300 million so‘m jarimaga tortishga qaror qilgan.

Shuningdek, o‘yinning 37-daqiqasida mezbonlar vakili Shavkat Salomov bosh hakam Temur To‘xtasinovning qaroriga qarshilik ko‘rsatishga urindi. Bunda futbolchi og‘zaki qarshilik bilan cheklanmay, hakamning qo‘lini ham ushlab olgan. Shundan kelib chiqib, Shavkat Salomov reglamentning 5.6 bandiga asosan aybdor deb topildi va 10 million so‘m jarimaga tortildi. Mazkur holatni o‘z vaqtida jazolamagan hakam Temur To‘xtasinov esa Superliganing 6 va 7-tur o‘yinlariga, shuningdek, O‘zbekiston Kubogining 1/16 final o‘yinlariga qo‘yilmaydi. Bu vaqt davomida u faqatgina Pro-Liga bellashuvlarini boshqarishi mumkin.

Shavkat Salomov misolida Tartib-intizom qo‘mitasi Superliga va Pro-Liga futbolchilariga eslatib o‘tadi. Futbol hakamlari bilan muloqotga faqatgina jamoa sardorlari kirishi mumkin. Ammo ularga keskin qarshilik ko‘rsatish, ularga halal berish mumkin emas. Shavkat Salomov “Buxoro” futbol klubining sardori, biroq kelasi safar u futbol hakamlarga qo‘l tekkizadigan bo‘lsa, jazo choralari bundan jiddiyroq bo‘ladi, deya ta’kidalanadi xabarda. Shavkat Salomov yuz bergan holatga quyidagicha izoh bergan:

Kechagi o‘yinga barcha birdek guvohi bo‘ldi. Avvalambor, men kechagi uchrashuvda hakamga nisbatan qilgan qo‘pol harakatim uchun hakam va qolgan barchadan uzr so‘rayman. Tan olaman, professional futbolchining ishini qilmadim. Men shunchaki tajribali jamoadoshim Artyom Filiposyan sariq kartochka olishini umuman xohlamadim. Chunki unda uchta sariq kartochka bor edi. To‘rtinchisini olsa, “Neftchi”ga qarshi kechadigan safar o‘yinimizda ishtirok eta olmasligini o‘ylab, birdan o‘zimni tutib tura olmadim. Keyingi uchrashuvlarda bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka va’da beraman va yana bir bor barchadan uzr so‘rayman.

Shavkat Salomov, futbolchi

Agar “Buxoro” futbol klubi rahbariyati o‘z fan-klubi va muxlislari bilan ishlamasa, ular o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bormasa va oqibatda shunga o‘xshash hunuk holatlar takrorlangudek bo‘lsa, jazo choralari yanada jiddiyroq bo‘ladi. Bu borada “Buxoro” klubi alohida, shuningdek, Superliga hamda Pro-Liganing qolgan klublari ham “Buxoro” misolida yana bir marta yozma ravishda ogohlantiriladi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 01:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 52) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют