» » Sharqiy Gutadagi gaz hujumi oqibatida 70 kishi halok bo‘lganligi xabar qilinmoqda

Sharqiy Gutadagi gaz hujumi oqibatida 70 kishi halok bo‘lganligi xabar qilinmoqda


Suriyaning Duma shahrida zaharli gazning qo‘llanishi oqibatida 70 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Halok bo‘lganlar soni oshishi mumkinligi ma’lum qilinmoqda. Mazkur ma’lumotning rasmiy tasdig‘i hozircha kelib tushmagan.

AQSh Davlat departamenti Suriyaning Duma shahridagi shifoxona yaqinida kimyoviy qurol qo‘llanilgan hujum haqidagi xabarlardan tashvishlanayotganligini ma’lum qildi. Departament vakili AQSh Dumada kimyoviy qurol qo‘llanilgani ehtimolini kuzatib borayotganligini ta’kidladi.

“Bir qator guruhlar va joylardagi tibbiyot xodimlarining xabarlari kamida 40 kishi halok bo‘lganligi, yuzlab kishilar yaralanganligini tushunish imkonini beradi. Ko‘plab oilalar boshpanalarga yashiringan, biroq ularning halok bo‘lganligi taxmin qilinmoqda”, — deydi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют