» » O‘zbekistonda ilk bor xorijda istiqomat qilayotgan o‘zbek yoshlari ishtirokida festival o‘tkaziladi

O‘zbekistonda ilk bor xorijda istiqomat qilayotgan o‘zbek yoshlari ishtirokida festival o‘tkaziladi


O‘zbekistonda 10—16-aprel kunlari ilk bor “Yosh vatandoshlar” festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Yoshlar ittifoqining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tadigan mazkur festival xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga jalb qilish va tajribalaridan unumli foydalanish, investitsiya kiritishga targ‘ib qilish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida o‘zaro muloqot muhitini yaratish maqsadida Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.

—Festivalga AQSh, Rossiya, Yaponiya, Turkiya, Pokiston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi 20 ga yaqin davlatdan 70 nafar o‘zbek yoshlari keladi, jami 400 nafar yosh ishtirok etadi. Ular ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga guvoh bo‘lib, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi, — deydi Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov.

“Yosh vatandoshlar” festivali tadbirkorlik, turizmni rivojlantirish, ilm-fan va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida ish olib boradi. Mazkur yo‘nalishlarda davra suhbatlari o‘tkazilib, ularda chet elda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan, ilmiy salohiyati yuksak bo‘lgan yoshlar taqdimot o‘tkazadi, shuningdek, davlat vakillari bilan fikr-mulohazalar almashadi.

Tadbir doirasida “Muvaffaqiyatli strategiya poydevori”, “O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish”, “O‘zbekistonda arxitektura kelajagi”, “O‘zbekistonda barqaror hamkorlik uchun asos“, “O‘zbekistonda investitsiya iqlimi” hamda “Sayyohlarni turizmga jalb etish yo‘llari “, “IT-loyihalarni boshqarishda eng muvaffaqiyatli mexanizmlar”, “O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanish istiqbollari” kabi qator mavzular keng muhokama qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют