» » “O‘zbekiston pochtasi” “Tezkor pochta” xizmatini joriy qildi

“O‘zbekiston pochtasi” “Tezkor pochta” xizmatini joriy qildi


O‘zbekiston milliy pochta aloqasi operatori “O‘zbekiston pochtasi” AJ respublika pochta bozori kon’yunkturasini o‘rganib chiqqan holda hamda mijozlardan tushayotgan talablarni inobatga olib, “Tezkor pochta” yangi xizmat turini joriy qildi. Bu haqda “O‘zbekiston pochtasi” rasmiy saytida xabar berildi.

Joriy yil 10-apreldan “Tezkor pochta” xizmati doirasida pochta jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish uchun respublika bo‘yicha 15 ta pochta aloqasi obyektlari tasdiqlandi.

Jo‘natmalarning qabul qilinishi va yetkazib berilishi qisqa nazorat muddatlarida va hamyonbop narxlarda amalga oshiriladi, deyiladi xabarda. Masalan, Toshkentdan Nukusgacha va boshqa viloyatlar markazlarigacha jo‘natmalar 24 soat ichida yetkazib beriladi va oluvchilar zudlik bilan pochta jo‘natmasi haqida telefon orqali xabardor qilinadi.

“Tezkor pochta” jo‘natmalarida “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ga muvofiq ichki pochta jo‘natmalari uchun belgilangan hujjatlarni, ish qog‘ozlarini va xalq iste’moli mollarini jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi.

Respublika ichidagi tezkor pochta jo‘natmalarini jo‘natish va topshirish xizmatlariga belgilangan tariflar “O‘zbekiston pochtasi” saytida batafsil keltirib o‘tildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют