» » JCh-2018 boshlanishiga 2 oy qolganda Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi

JCh-2018 boshlanishiga 2 oy qolganda Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi


Vohid Xalilxojich Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi, deb yozadi “Sports.ru”

65 yoshli bosniyalik murabbiy JCh-2018 boshlanishiga 2 oy vaqt qolganida ishdan bo‘shatildi. Mazkur murabbiy yaponlarni Rossiyadagi mundialga olib chiqqandi. Yaponiya mart oyi so‘ngida Mali (1:1) Ukraina (1:2) bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazgandi. JCh-2018 ga chiqa olmagan terma jamoalar bilan o‘yinlardagi natijalar rahbariyatga yoqmagan ko‘rinadi. Yaponiya futbol federatsiyasi rahbari Kozo Tashima bugun yangi bosh murabbiy nomi e’lon qilinishini aytib o‘tdi. Asosiy nomzod – Xalilxojichning yordamchisi, Makoto Teguramori. U 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlarida Yaponiya terma jamoasiga ustozlik qilgan.

JCh-2018 final bosqichida Yaponiya Kolumbiya, Senegal va Polsha bilan bir guruhdan joy olgan.

Ma’lumot uchun Vohid Xalilxojich 2015-yil martida Yaponiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Bosniyalik murabbiy ungacha esa Jazoir termasini boshqargan bo‘lib, ushbu terma jamoa bilan u JCh-2014 da 1/8 finalgacha borib, amaldagi jahon chempionlari Germaniya termasiga mag‘lub bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют