» » Suriyadagi aerodromga raketa zarbasi berilgan vaqtda Isroil samolyotlari osmonda bo‘lgan

Suriyadagi aerodromga raketa zarbasi berilgan vaqtda Isroil samolyotlari osmonda bo‘lgan


Suriyaning Xoms viloyatidagi T-4 aerodromiga raketa zarbasi berilgan vaqtda Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya va Livan o‘rtasidagi chegara hududida razvedka parvozlarini amalga oshirayotgan edi. Bu haqda Al Mayadeen telekanali xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Avvalroq Suriyaning raketaga qarshi mudofaa tizimlari hujumni qaytarish chog‘ida sakkizta raketani urib tushirgani ma’lum qilingan edi, ularning nechtasi nishonga borib tekkani noma’lum. Harbiy xizmatchilar orasida qurbonlar va yaradorlar borligi xabar qilindi.

SANA agentligi harbiy manbasiga tayanib, aerodromga hujum AQSh qurolli uchlari tomonidan berilganini da’vo qildi. Ammo Oq uy va Pentagon AQShning Suriya aerodromiga berilgan zarbaga aloqadorligini tasdiqlamadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют