» » Toshkentda bankdan 2 mlrd so‘m kredit olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Toshkentda bankdan 2 mlrd so‘m kredit olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi


Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani IIBga 7-aprel kuni yirik miqdordagi firibgarlik holati yuzasidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 2017-yil 25-oktabr kuni Yunusobod tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1984-yilda tug‘ilgan S.Pazilov 1985-yilda tug‘ilgan A.Haydarovga “Davr bank” Olmazor filialidan 2 milliard so‘m kredit olib berishni va’da qiladi. Buning uchun undan 26,3 ming dollar undiradi. 

S.Pazilov va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yubordi. Ko‘rilgan choralar natijasida u qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют