» » Taraqqiyot strategiyasi markazi va Huawei Tech Investment Tashkent o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Taraqqiyot strategiyasi markazi va Huawei Tech Investment Tashkent o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi


Huawei taklifi bilan Xitoyga qilgan tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari vakillari kompaniyaning Shenchjen shahridagi shtab-kvartirasida joylashgan ko‘rgazma zaliga tashrif buyurdi. Bu yerda “Xavfsiz” va “Aqlli” shahar konsepsiyalarini joriy etishda zarur yechim va tartiblar taqdim etildi. Bundan tashqari, temir yo‘l, metro va havo transporti sektorida qo‘llaniladigan eLTE texnologiyalari namoyish etildi.

“Xavfsiz” shahar konsepsiyasi doirasida Huawei kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va integratsiya qilingan katta ma’lumotlar tahlil tizimi (Big Data), konvergent buyruq markazi, video nazorat hamda videoma’lumotlarni saqlash kabi kompleks yechimlar namoyish etildi. Huawei kompaniyasi tomonidan tadbiq etilgan “Xavfsiz” shahar tizimini amaliy qo‘llash bilan tanishish maqsadida delegatsiya a’zolari Shenchjen shahrining eng yirik tumanlaridan biri hisoblangan Lunganning politsiya markaziga taklif etildi. Bu hududda 4,5 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi. Tuman bo‘yicha 24 milliondan ortiq HD video kuzatuv kameralari o‘rnatilgan, shuningdek Lungan tumani tahlilchi, politsiya va AKT mutaxassislari ishlaydigan konvergent buyruq markazi joylashgan. Huaweining “xavfsiz” shahar tizimi o‘z ichiga shaxslar, raqamlar, ranglar va avtomobil brendlarini aniqlash hamda eLTEga asoslangan ID karta tizimini birlashtiradi.

“Xavfsiz” shahar tizimining taqdimoti davomida delegatsiya a’zolari yangi va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali hududda jinoyatchilik darajasining pasayish tezligi va foizlariga qiziqish bildirdi. Bunga javoban Lungan politsiyasi xodimlari, ikki yilda jinoyatlar 53 % qisqargani, jinoyatlarni aniqlash esa sezilarli darajada pasayganini ta’kidladi. Biroq jinoyatlarning qisqarishi kiber jinoyatlar darajasining ortishi bilan izohlanadi. Shu bois, Shenchjen politsiyasi kiber-kriminologiya va elektron firibgarlik kabi yangi tizim va yo‘nalishlarni joriy qila boshladi. Lungan politsiyasi ushbu bo‘linma axborot va telekommunikatsiya tarmoqlari, jumladan, Internet tarmog‘i orqali firibgarlik faoliyatiga qanday qilib qarshi chiqayotgani haqida to‘liq ma’lumotlar berdi.

Politsiya uchastkasiga qilingan tashrif hamda “Xavfsiz shahar” tizimi namoyishidan so‘ng, mehmonlarga asosiy jihatlaridan biri hisoblangan Internet buyumlari “Aqlli” shahar konsepsiyasi taqdim etildi. O‘zbekiston delegatsiyasi shahar va har qanday aholi mavjud punktlar boshqaruvini yaxshilashda samara beruvchi aqlli hisoblagich, aqlli suv ta’minoti, aqlli utilizatsiya, ko‘chalar aqlli ta’minoti kabi bir qator tizimlar bilan tanishtirildi. “Aqlli” shahar kompleks yechimi bilan yaqindan tanishish delegatsiya uchun juda muhim edi. Chunki, O‘zbekistonda “Aqlli shahar”, “Aqlli mahalla”, “Aqlli xonadon” va “Aqlli hokimiyat” konsepsiyalarini o‘z ichiga oluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Tashrif yakunlariga ko‘ra, Huawei Tech Investment Tashkent va Taraqqiyot strategiyasi markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Imzolangan hujjat AKTning asosiy qismi hisoblangan iqtisodiy o‘sish, biznesning xalqaro raqobatbardoshligi va inson kapitali darajasini yaxshilashga qaratilgan.

Tomonlarning axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikka bo‘lgan qiziqishi hamda ilmiy va ta’lim loyihalarini amalga oshirishga tayyorligini e’tiborga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasida milliy yuqori polosali tarmog‘ini rivojlantirishda birgalikda ish olib borish, shuningdek, tadqiqotlar sohasida hamkorlikda ishlar amalga oshirishga kelishib olindi.

Memorandum ijrosi doirasida tomonlar barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish, innovatsion rivojlantirish, xususan bilim va axborot almashishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan qo‘shma xalqaro konferensiya, seminar va davra suhbatlari o‘tkazishga harakat qiladi. Tomonlar AKT, innovatsiya, qishloq xo‘jaligi, davlat xizmatlari, shu jumladan, turli sohalarda muvaffaqiyatga erishib kelayotgan Xitoy amaliyoti bilan tanishish maqsadida O‘zbekistondan Xitoyga tashriflarni tashkil etishga kelishib oldi.

“Memorandum ‘Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar qo‘llab-quvvatlash yili’da Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi. Unga muvofiq, O‘zbekiston hududida zamonaviy ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish rejalashtirilgan”- deya ta’kidladi Huawei’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasining jamoatchilik va davlat organlari bilan aloqalar bo‘yicha direktori Davron Azizov.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют