» » Samarqand viloyat fuqarolik sudi raisi: Xorijdan turib ishonchnoma orqali ajrashayotganlar ko‘paydi

Samarqand viloyat fuqarolik sudi raisi: Xorijdan turib ishonchnoma orqali ajrashayotganlar ko‘paydi


Samarqand viloyati aholisi ko‘pligi jihatidan respublikada eng yuqori o‘rinlarda bo‘lib, oila quruvchilarning soni ham shunga munosib. Lekin oilaviy ajrimlar soni bo‘yicha viloyat respublika miqyosida to‘rtinchi o‘rinda ekani kishini tashvishga soladi, deb yozadi “Zarafshon”.

“Oilaviy ajralishlarda kishini larzaga soladigan jihat ajralish uchun sabablarning arzimasligidir, — deydi fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi Ma’rufjon Tojiboyev. — Ayniqsa, xorijdan turib, ishonchnoma orqali ajrashayotgan oilalarning yildan-yilga ko‘payib borayotgani achinarli. Haqiqatan ham o‘tgan yili sudlarga ajralish bo‘yicha 4 911 ta da’vo arizasi kiritilgan bo‘lsa, sudlar tomonidan jami da’vo arizalarining 71 foizi qanoatlantirilgan, 23 foizi rad etilgan. 500 ta oila sudlarning jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi sa’y-harakatlari tufayli saqlab qolingan”.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, oilalardagi mojarolardan keyin ayol ota-onasining uyiga ketib, bir necha yil o‘tgach, sudga murojaat qilishi e’tiborga olinsa, o‘rtacha uch yil vaqt davomida birga yashamasdan o‘zaro ajrashib, sudga murojaat qilganlar jami ko‘rilgan ishlarning 60 foizga yaqinini tashkil qiladi. Bu esa yosh oila arzimagan sabablarga ko‘ra arazlashib qolgan dastlabki bir oy yoki bir yil davomida jamoatchilik tomonidan yarashtirish ishlari yetarli darajada olib borilmaganini ko‘rsatadi.

“Birinchi navbatda oilaning muqaddasligini yoshlar ongiga singdirishga qaratilgan tizimli targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, uni takomillashtirish lozim. Xususan, uylanmoqchi bo‘lgan yigitlar, avvalo, o‘zini, turmush o‘rtog‘ini ta’minlay olishi, er bilan xotin sog‘lom bo‘lishi, oilaning muqaddasligi hamda turmush qurayotgan ayol uning davomchisi bo‘lmish zurriyodining onasi ekanligini tushunib yetishi shart”, — deydi viloyat sudi sudyasi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют