» » Suriyaning Xoms aerodromiga raketa zarbasi oqibatida 14 nafar harbiy halok bo‘ldi

Suriyaning Xoms aerodromiga raketa zarbasi oqibatida 14 nafar harbiy halok bo‘ldi


Suriyaning Xoms viloyatida joylashgan T-4 harbiy aerodromi 9-aprel kuni raketa hujumiga uchradi. Al Arabiya telekanalining ta’kidlashicha, zarba isroil Harbiy-havo kuchlari tomonidan amalga oshirilgan, deb yozadi “TASS”.

Hujum oqibatida 14 nafar harbiy xizmatchi, shu jumladan, bir nechta eronlik maslahatchi halok bo‘lgan.

Avvalroq Al-Mayadeen telekanali Xomsdagi harbiy aerodromga raketa zarbasi berilgan vaqtda Isroil HHK samolyotlari Livan osmonida bo‘lganligini xabar qilgan edi.

Suriyalik harbiy manba Suriya raketaga qarshi mudofaa tizimlari hujumni qaytarishda sakkizta raketani urib tushirganligini ma’lum qilgan. Ulardan nechtasi nishonga borib yetganligi hozircha xabar qilinmadi.

Isroil tomonidan raketa zarbasini tasdiqlovchi hech qanday ma’lumot hozircha kelib tushmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют