» » Imom Buxoriy majmuasiga kirish pulli bo‘ldimi?

Imom Buxoriy majmuasiga kirish pulli bo‘ldimi?


Keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlarda sayyohlarning Imom Buxoriy majmuasiga kirishi uchun haq undirilayotgani haqida ma’lumotlar tarqalib, bu borada turli fikrlar bildirildi. O‘zA bu gap-so‘zlarga aniqlik kiritdi. 

— Haqiqatdan ham bugungi kunda majmuaga kirish uchun mahalliy ziyoratchilar 1000 so‘mdan pul to‘lamoqda, — deydi Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi rahbari D. Ermamatov. — Ushbu mablag‘ inshootni saqlash va hududni obodonlashtirish, mehmonlar uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda xodimlarga ish haqi berishga yo‘naltiriladi. 

Shu paytgacha bu xarajatlar majmuaga keluvchi fuqarolarning ehsonlari, homiylar mablag‘i hisobidan qoplangan. Bugungi kunda sayyohlar oqimining keskin ko‘payishi ziyoratgohda ular uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, yangi ish o‘rinlari ochish hamda ularning xavfsizligini ta’minlashni taqozo etmoqda. Shu sababli ziyoratchilarning majmuaga kirishi pullik tartib asosida yo‘lga qo‘yildi. 

Yilning birinchi choragida Imom Buxoriy majmuasini 311 mingdan ortiq sayyoh, jumladan, 1900 ga yaqin xorijlik ziyorat qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 146 ming nafarga ko‘p. Pul tushumi esa 414 million so‘mni tashkil etib, 2017-yilning birinchi choragiga nisbatan ikki barobar ko‘p bo‘ldi. 

Ayni paytda dam olish kunlarida majmuaga o‘rtacha 5 ming nafar sayyoh kelmoqda. Navro‘z bayrami kunlari esa 15-17 minggacha ziyoratchi tashrif buyurdi. Sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ilgarigi bitta qo‘riqlash posti ikkitaga yetkazilib, tun-u kun qo‘riqlov amalga oshirilyapti. Majmua ichida esa “Xavfsiz turizm” xodimlari faoliyat ko‘rsatmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют